Mijozlar ko‘p, savdo jadal ketmoqda, lekin  pul yo‘q

Biznes rahbarlari va egalari  bizga ko‘pincha shunday muammo bilan murojaat etadilar.

Buning uchun biz avvalo  bir holatni aniqlab olaylik: pul yo‘qmi, yoki foyda yo‘qmi?

Buning farqi nimada:

•          Agar pul bo‘lmasa – demak, pul mablag‘larining harakat qilish qoidalari buzilgan

•          Agar foyda bo‘lmayotgan ekan, u holda kirim bilan xarajatlar tizimini tekshirib ko‘rish kerak.

Pul mablag‘lari harakati qoidasi

Pul oqimini boshqarish bo‘yicha asosiy 6 qoida  bor:

•          Bir  yillik, kvartal va oylik  reja tuzing.

Ya’ni oylik maoshlarni berib,  ijara pulini to‘lagandan so‘ng qancha pul tushishi kutilayotgani va tovarlarni  sotib olishga qaratilgan investision  loyihalarga qancha pul  yo‘naltira olishimizni aniqlashimiz kerak. Agar ortiqcha pul massasi tushishi kutilayotgan bo‘lsa – investision imkoniyatlar o‘ylab topish zarur,  agar pul oqimini kamayishini kutayotgan bo‘lsangiz – kompaniya faoliyatini  to‘xtatmaslik uchun  o‘z vaqtida kredit olishi kerak;

•          Mijozlardan to‘lovlarni o‘z vaqtida oling va debitorlik qarzlarni kuzatib boring.

Biz mijozlarni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun ba’zida qarzni to‘lash  muddatini ancha uzaytirib belgilaymiz,  mijozlar jahlini chiqarmaslik uchun ularni debitorlik qarzlarini  to‘lashga qistayvermaymiz va natijada pulsiz qolamiz, joriy xarajatlar to‘lanmay qoladi;

•          Tovar yetkazib beruvchilarga juda katta hajmdagi avanslar berishdan, katta partiyadagi keraksiz tovarlarni sotib olishdan tiyiling.

Shunaqasi ham bo‘ladiki, tovar va xizmatlarga tezda  avans to‘lasangiz yoki agar katta  partiyadagi tovarlarni  sotib olsangiz, yetkazib beruvchilar  sizga jozibali shartlar tavsiya etadi. Bu tovarni  sotib olish sizga qanchalik foydali ekanligini, buning ustiga ularni allaqaerlarda saqlash ham zarurligini  puxta  o‘ylab ko‘rib,  baholang;

•          Rejalangan  va mavjud pul oqimini faoliyat turi, tovarlar va xizmatlar  kategoriyalari  kesimida tahlil eting.

Ba’zida pul massasi faoliyatning bir turini harakatga keltirayotgan paytda to‘planayotgan  mablag‘i faoliyatning boshqa turini taqozo  etib qoladigan holat ham sodir bo‘lib qolishi  mumkin. Bu holda disbalans kelib chiqadi. 

•          Kompaniyaning puliga shaxsiy pulingizni aralashtirishni bas qiling.

Biznes egasi va shu biznesni boshqarayotgan inson uchun shaxsiy va korporativ pullar hamda  boshqa aktivlar o‘rtasida ba’zan chegara chiziqlari o‘chib ketadi. Kompaniyada biror narsani sotib olishga pul yetmay qoldimi, albatta uydan pul olib kelinadi. Yoki aksincha, kompaniya schetidagi pullar biznes egasinig shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuboriladi. Bunday holatlarda pul oqimini  to‘g‘ri rejalashtirib bo‘lmaydi. .

•          Pulning aniq  harakatini, hech bo‘lmaganda  vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turing.

Pul, ayniqsa, uni so‘rab-surishtirmasdan olish imkoni bo‘lganda odamlarning asosiy ko‘ngli sust ketadigan narsaga aylanadi. O‘g‘irliklar hamda xodimlar tomonidan qilinishi mumkin bo‘lgan firibgarliklarning oldini olish uchun  bank, kassa, korporativ karta hujjatlarini tez-tez tekshirib turing. 

Daromad va xarajatlar tizimi

Foyda va daromadlar xarajatlardan ko‘proq bo‘lishi kerak. Bu hammaga ma’lum bo‘lgan qoida.  U holda sotuv jadal ketayaptiyu, foyda bo‘lmaydigan  holatlar qanday sodir bo‘ladi?

Tez-tez uchrab turadigan 6 ta  sabab:

•          Narhni shakllantirish

Balki biz tovar va xizmatlarimiz uchun narhni hisoblayotganda  hisob-kitoblarda yanglishayotgandirmiz. Qo‘shimcha narx bizning odatdagi  oylik  xarajatlarimizni  qoplashi va  + sof foyda. Ammo ba’zi hollarda kunlik xarajatlar hisobga  qo‘shilmaydi va rahbarda kompaniya daromad qilmoqda, degan xomxayol, ya’ni illyuziya paydo bo‘ladi.

Tovar va xizmatlarni sotish bahosini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun  hisob-kitobni zarar ko‘rmaslik nuqtasidan boshlang. 

  • Foyda olib keluvchi va zarar keltiruvchi maxsulotlar va xizmatlar

Kompaniyalarning ko‘pchiligi bitta va ikkitadan ortiq tovar va xizmatlarni  taqdim etadi.  Shunday ekan,  2-3 tovar foyda olib keladigan, qolgan 4-5 tasi esa foyda olib kelmaydigan, va hatto  zarar keltiradigan hollar tabiiy hisoblanadi. Ba’zi hollarda  bu vaziyat sotuv strategiyasi, biznes-model bilan oqlanadi. Lekin agar  kompaniya foyda keltirmasa, uning strategiyasini qayta  ko‘rib chiqilgani to‘g‘ri yo‘ldir. 

Har bir mahsulot va xizmatning foyda keltirishini tahlil etish uchun  har bir tur bo‘yicha  foyda va zararlarni alohida yig‘ing, sotilganda har biriga nisbatan va umumiy ulushdagi foydasi bo‘yicha prosent bo‘yicha tahlil qiling.

  • Keraksiz va normadan yuqori xarajatlar

Kompaniya muvaffaqiyatli tarzda rivojlanayotgan davrda  kompaniya  faoliyatiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydigan  tovar va xizmatlarni  sotib olishga qiziqish paydo bo‘ladi. Aniqrog‘i, idoraga  qimmatbaho mebellar sotib olinadi, keraksiz turli tadbirlarda eshtirok etiladi va bashqa xarajatlar qilinadi.

Xarajatlarni maqbullashtirish uchun ularni biznes jarayonga  qanchalik  ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilib chiqing. Albatta, kompaniya obro‘-e’tiborini oshirish va ish joyida, jamoada   komfort sharoiti yaratish  uchun ularni bir qismi  zarur bo‘lishi mumkin. Lekin ularni qandaydir  ko‘rsatkichlarga bog‘lab qo‘yish kerak. Masalan, korporativ tadbirlarga ketadigan pulni sof daromaddan olinadigan foizga bog‘lasa bo‘ladi.

•          Aktivlarni nazorat qilish

Kompaniya aktivlari — bu nafaqat pul, balki jihoz, mebel, tashkiliy texnika, tovar zahiralari,  debitorlik qarzlari, investisiyalar. 

Agar kompaniyada aktivlar nazorati bo‘lmasa, quyidagi holatlar paydo bo‘lishi mumkin: aktiv yo‘qoladi yoki undan foydalanilmaydi, tabiiyki u foyda ketirmaydi, investisiya juda ham muvaffaqiyatli kiritilmagan bo‘ladi, debitorlik qarzlari bo‘yicha faol harakatlar olib borilmaydi  va boshqalar.

Aktivlar ustidan nazoratni kuchaytiish uchun muntazam ravishda  aktivlar  inventarizasiyasini olib borish va uning natijalari bilan ishlash: keraksiz aktivlarni sotish, debitorlik qarzlari  miqdorini kamaytirish.

•          Majburiyatlar nazorati

Biz biznesni olib bora boshlagach, biz bilan  mijozlar oldida, maxsulotlar yetkazib beruvchilar oldida, xodimlar oldida, soliq va nazorat qiluvchi organlar oldida  majburiyat paydo bo‘ladi.

Ko‘pincha, majburiyat buzilganda biz ko‘pgina pullardan judo bo‘lamiz: kredit o‘z vaqtida  so‘ndirilmaydi – jarima  foizlari  oshgandan-oshib ketadi, mijoz uchun ish to‘liq bajarib berilmadi – buning uchun neustoyka to‘ladik.

Bu singari xarajatlardan ozod bo‘lish uchun yo‘l xaritasi, instruksiya  ishlab chiqish kerak, mas’ul shaxs tayinlanishi lozim. Ichki reglamentlar yordamida biz zaif joylarimizni  nazorat qilishimiz mumkin bo‘ladi.

•          Biznes jarayonlarni avtomatlashtirish

Bozordagi o‘zgarishlarni, ishda muqobil yoki yangi  ish usullari paydo bo‘lishini kuzatib borish – rahbarning eng muhim ishlaridan biridir.  Har yili avtomatlashtirishning xarajatlarni kamaytiradigan, samaradorlikni oshiradigan imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. 

Avtomatlashtirishdan voz kechish nafaqat daromadlarning kamayishiga, balki umuman biznesning eskirib qolishiga olib kelishi mumkin.

 Kompaniyada pul mablag‘larining va daromadlarning mavjudligi  – biznesni  samarali rejalashtirish va  uni boshqarishning  asosiy ko‘rsatkichidir.  Aslida bu har bir biznes egasining  orzusi hisoblanadi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar