Tovar va xizmatlarning import va eksport operatsiyalari, bir tomondan juda jozibador, ikkinchi tomondan esa juda ko‘p nozik masalalarni o‘z ichiga olgani tufayli doimiy tarzda o‘zgarib turadigan qonunchilik tadbirkorlarni xavotirga soladi.
Biz bunday operatsiyalarni boshlash oldidan, albatta tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) mutaxassisidan maslahat olishingizni tavsiya etamiz. Tez-tez uchrab turadigan quyidagi masalalarni hal etishda savodli mutaxassis yordam berishi mumkin:
- O‘z manfaatlarini himoya etish, yaxshiroq shart-sharoitlarga ega bo‘lish uchun valyuta shartnomasini qanday qilib to‘g‘ri tuzish mumkin;
- • Tovarlarni qanday qilib arzon olib borish va bojxonadan o‘tkazish, bojxonadan o‘tkazishda qanday imtiyozlar mavjud;
- • Eksport qilganda tovarlarni qay tartibda bojxona orqali to‘g‘ri rasmiylashtirish mumkin;
- • Tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha berilgan imtiyozlarning barchasidan qanday foydalanish mumkin;
- • Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga qanday hisobga qo‘yish mumkin
Bunday maslahat nafaqat valyuta kontraktlari bilan birinchi marta duch kelayotganlar, balki tajribali tadbirkorlar uchun ham foydali bo‘ladi.
Bizning mutaxassislarimiz o‘zbek va rus tillarida og‘zaki ham, yozma tarzda ham javob berishlari mumkin.
Maslahatning narxi savolning murakkabligiga va uni yechib berish uchun ketgan soatlarga bog‘liq. Bir soatlik stavka – murojaat etilgan paytdan boshlab 1 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ga teng.
Agar sizning muammoingiz TIF mutaxassisi ekspertizadan o‘tkazishni talab etadigan masala bo‘lsa saytda buyurtma qoldiring yoki 71 200 11 02 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
O’zbekistonda buxgalteriya xizmatlari
Soliq hisobotlari
MChJ, yakka tartibdagi tadbirkorni ro’yxatdan o’tkazish