MChJ, YATTni ro’yxatdan o’tkazish O’zbekistonda
Shaxsiy tadbirkor sifatida ish yuritishning afzalliklari – mahoratingizni kengaytirish va rejalaringizni amalga oshirish borasidagi cheklovlarning yo‘qligida va ko‘pchilik ish beruvchilar intiladigan qat’iy nazoratning bo‘lmasligidadir. Shuning uchun ham ko‘pchilik o‘z ishini ochishga, va shu orqali barcha muammolarni shunday hal etishga intiladi.
Sizning o‘zingiz qaysi yo‘nalishda taraqqiy etishni xohlayotganingizni bilishingiz – bu ishning yarmi, xolos.
Faoliyatni mavjud qonunchilik asosida olib borish uchun Siz ko‘pgina savollarning javobini bilishingiz kerak:
- O‘z korxonangiz tashkiliy-huquqiy shaklini qanday tanlashingiz kerak?
- MChJ, QK (qo‘shma korxona) ochish kerakmi yoki XK (xususiy korxona)?
- Ularning faoliyatlari nimalar bilan farq qiladi?
- Korxonani ochish uchun qanday hujjatlar zarur?
Agar Siz MChJ yoki XK ochishda mutaxassis yordamidan foydalanmasangiz va barchasini o‘zingiz tashkil etishga qaror qilgan bo‘lsangiz, u holda barcha hujjatlarni mustaqil tarzda tayyorlashingiz, davlat bojlarini to‘lashingiz, muayyan formalarni to‘ldirishgingiz, ularni ro‘yxatga oladigan tashkilotga topshirishingiz, tayyor hujjatni olishingiz kerak bo‘ladi.
Har qanday biznes-loyihaning asosiy maqsadi – daromad topishdan iborat, albatta. Shuning uchun ham soliqlarni to‘lash va buxgalteriyani yuritish masalalari mijozlarimiz tomonidan beriladigan eng ko‘p savollarning asosiy mavzui hisoblanadi. Masalan,
- “Soddalashtirish” nima, u kimlarga to‘g‘ri keladi?
- Yangi ochilgan tashkilotning hisob raqamini bankdan qanday ochish mumkin va qaysi bankni tanlagan yaxshi?
- Soliq to‘lovlarni qanday hal etish mumkin: tashkilotingizni muayyan muddat o‘tganidan keyin javobgarlikka jalb etilmasligi uchun qaerga, nimalarni to‘lash zarur?
- Qanday hisobotlarni topshirish kerak va ular qaysi organlarga taqdim etiladi? Hisobotlarni qanday tuzish kerak?
- Bunday xizmatlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan “ishonchli” buxgalterlarni qayoqdan topish mumkin?
Kompaniyangizning har qanday faoliyati shartnomalardan mustahkam o‘rin olgan bo‘lishi kerak – bu Sizga biznesingizni harqanday noxush bahslar va hatto sud muhokamalaridan himoya qilishga yordam beradi. Lekin shartnomalarni qanday puxta tuzish mumkin? Vaqti kelib, muhokama etilgan bo‘lib qolsa sud sizning tomonida bo‘lishi uchun unda nimalar ko‘rsatib o‘tilishi kerak? O‘zingizni loqayd va mas’uliyatsiz hamkorlardan himoyalash uchun nimalar qilish kerak?
faoliyatingizni olib borish uchun balki Sizga qandaydir bino kerak bo‘ladi? Lekin uni qaerdan topish mumkin? Shartlari nafaqat ijara beruvchiga, balki sizga ham ma’qul bo‘lgan ijara shartnomasi qanday tuziladi? Balki Siz binoni shaxsiylashtirib olishni xohlarsiz? Bunday kelishuvni puxta rasmiylashtirishning yo‘llari qanday?
Shunday qilib, biznesingizni tashkil etishning boshlang‘ich bosqichida, xayolingizni ko‘pdan-ko‘p savollar qamrab oladi va ularning miqyosi, albatta biz keltirib o‘tgan misollar doirasi bilan cheklanib qolmaydi. Uchrashuvlarda o‘z tashkilotingizni ochish sohasidagi savollarni berishingiz mumkin, malakali mutaxassislardan ularga javob olasiz.
Uchrashuvdagi maslahatlar Sizga biznesingizni mustaqil ochishga qaror qilganingizdagina emas, balki MChJ yoki XK ochish borasida mutaxassislarga murojaat etganingizda ham foydali bo‘ladi. Chunki dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirishdan tashqari sizni ilgarida amaliy faoliyat kutmoqda, bu jarayonda, tabiiyki turli savollar paydo bo‘lishi mumkin.
Konsul’tasiyalardan o‘tganingizdan keyin Sizing zimmangizda olingan maslahatlarni va bayon etilgan ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llash vazifasi qoladi.
Soliq hisobotlar, Ish haqini hisoblash xizmatiga
Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ)
1. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatiga nimalar kiradi?
Biz biznes shaklini va soliqqa tortish tizimini tanlash bo‘yicha maslahat beramiz, zarur hujjatlarni tayyorlaymiz, davlat ro‘yxatidan o‘tkazamiz hamda kompaniya ochilgandan keyingi majburiy tartib-taomillardan o‘tishga yordamlashamiz. MCHJlar uchun, shuningdek, ta’sis hujjatlari va bank hisobvarag‘i ochish uchun zarur hujjatlar ham tayyorlanadi.
2. Biznesning qaysi shaklini tanlash kerak: o‘zini o‘zi band qilish, YaTT yoki MCHJ?
Tanlov faoliyat turi, rejalashtirilayotgan aylanma, ta’sischilar soni, xodimlarning mavjudligi va biznesni rivojlantirish rejalariga bog‘liq bo‘ladi. O‘zini o‘zi band qilish oddiy mustaqil faoliyat uchun, YaTT kichik biznes uchun mos keladi, MCHJ esa ko‘pincha sheriklar, xodimlar, yirik mijozlar va investorlar bilan ishlash uchun tanlanadi. Maslahat davomida biz biznes modelingizni baholab, sizga eng mos shaklni tavsiya qilamiz.
3. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin maslahat olsa bo‘ladimi?
Ha. Ro‘yxatdan o‘tishdan oldingi maslahatlashuv biznes shaklini, soliqqa tortish tizimini, faoliyat turlarini va zarur hujjatlarni oldindan aniqlab olishga yordam beradi. Bu ro‘yxatdan o‘tgandan keyin tuzatish qiyin yoki qimmatga tushadigan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
4. Soliqqa tortish tizimini tanlashga yordam berasizmi?
Ha. Biz faoliyatingiz turi, kutilayotgan daromad, xarajatlar, xodimlar soni va mijozlar bilan ishlash xususiyatlarini tahlil qilamiz. Shundan so‘ng, qanday soliqlar to‘lanishi kerakligini va biznesingiz uchun qaysi soliq rejimi mos kelishini tushuntirib beramiz.
5. Biznesni sherik bilan birga ro‘yxatdan o‘tkazsa bo‘ladimi?
Ha. Biznesni sherik bilan ochayotganda, ulushlarni, qaror qabul qilish tartibini, foydani taqsimlashni va biznesdan chiqish shartlarini oldindan belgilab olish ayniqsa muhim. Kelajakdagi nizolarning xavfini kamaytirish uchun bu kelishuvlarni ta’sis hujjatlarida to‘g‘ri rasmiylashtirish zarur.
6. Xorijiy ta’sischisi bo‘lgan kompaniyalarni ham ro‘yxatdan o‘tkazasizmi?
Ha. “Yaran Consulting” xorijiy sarmoya ishtirokidagi MCHJlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda hamrohlik qiladi. Biz hujjatlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan maslahat beramiz, ta’sis va ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini tayyorlaymiz, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini amalga oshiramiz va ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi bosqichlarda yordam ko‘rsatamiz.
7. MCHJni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik manzil kerakmi?
Ha. MCHJni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kompaniya qayd etiladigan manzilni ko‘rsatish zarur. Agar hali o‘zingizning yoki ijaraga olingan joyingiz bo‘lmasa, yuridik manzil masalasini oldindan hal qilishingiz kerak.
8. Kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgach, nima qilish kerak?
Davlat ro‘yxatidan o‘tgach, bank hisobvarag‘i ochish, elektron raqamli imzo rasmiylashtirish, buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilash va hisobga qo‘yish bo‘yicha zarur tartib-taomillardan o‘tish lozim. Amalga oshiriladigan harakatlarning aniq ro‘yxati biznes shakli va faoliyat turiga bog‘liq.
9. Men biznesni o‘zim ro‘yxatdan o‘tkaza olaman. Nega Yaran Consulting‘ga murojaat qilishim kerak?
Haqiqatan ham, bugungi kunda YaTT yoki MChJni mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Biroq, ro‘yxatdan o‘tkazish — biznes ochishning bosqichlaridan biri, xolos.
Ro‘yxatdan o‘tishdan avval biznes shaklini, soliqqa tortish tizimini, faoliyat turlarini to‘g‘ri tanlash, kelgusidagi soliq majburiyatlarini baholash va aynan sizning biznesingiz ishining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish muhim. Bu bosqichdagi xatolar ortiqcha xarajatlarga, biznes shaklini o‘zgartirish yoki tanlangan soliqqa tortish tizimiga tuzatishlar kiritish zaruratiga olib kelishi mumkin.
Yaran Consulting mutaxassislari shunchaki hujjat rasmiylashtirib bermaydi. Biz tadbirkorlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘p yillik amaliy tajribamizdan kelib chiqib maslahat beramiz, ro‘yxatdan o‘tishdan oldin to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beramiz va biznes ochishning har bir bosqichida mijozga hamrohlik qilamiz. Natijada siz shunchaki ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyaga emas, balki boshidanoq qonunchilik talablari va rivojlanish rejalaringiz hisobga olingan holda qurilgan biznesga ega bo‘lasiz.
10. YaTT yoki MChJni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi qancha?
Xizmat narxi tanlangan biznes shakliga, ta’sischilar tarkibiga va zarur yordam hajmiga bog‘liq. YATT, mahalliy ta’sischilarga ega MCHJ va xorijiy sarmoya ishtirokidagi MCHJni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun turli hujjatlar to‘plami va tartib-taomillar talab etiladi, shuning uchun narx sizning vaziyatingizga aniqlik kiritilganidan so‘ng belgilanadi.