Yuridik shaxsni mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki oilaviy korxona sifatida ro‘yxatga olish uchun yuridik adres taqdim etish kerak.
Biz quyidagi sabablarga ko‘ra yuridik adresni uzoq muddatli istiqbolni hisobga olgan holda tanlashni tavsiya etamiz:
- Yuridik adresni o‘zgartirganda qayta ro‘yxatdan o‘tishga to‘g‘ri keladi, bu esa vaqt va pul bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi;
- Bir kalendar yilida ikki marta yuridik adresini o‘zgartirgan kompaniya avtomatik ravishda soliq xizmati shubha doirasiga tushadi. Shundan keyin so‘zsiz, tez-tez soliq tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin;
- Yuridik adresni o‘zgartirganda, bundan soliq xizmatini, bankni xabardor qilishga, kontragentlar bilan shartnomaga tuzatishlar kiritishga to‘g‘ri keladi, bu singari tashvishlar ham ko‘pgicha vaqtni talab qiladi.
Biroq yangi yuridik shaxsning biror adresni tanlab, u yerda uzoq qolib ketishi har doim ham oson kechmaydi. Balki, ijaraga beruvchi bilan o‘rtada noqulaylikalar paydo bo‘ladi, biznesning o‘ziga xos tomonlari yoki logistika tufayli lokatsiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri kelib qoladi yoxud zarur maydonni kengaytirish/kamaytirish zarur bo‘ladi. .
Hozir kompaniyalar ko‘proq virtual adreslardan foydalanmoqdalar, ya’ni u joyda doimiy ravishda bo‘lishmaydigan kichik maydonchalarni ijaraga olmoqdalar. Masalan, kovorkinglarda, biznes markazlarining katta ofislarida subarendada turishadi.
Virtual yuridik adresning afzalliklari:
- Kompaniya har doim ofisda bo‘lishi shart emas, ammo barcha xat-xabarlarni qabul qilish, telefon qo‘ng‘iroqlariga javoblar, uchrashuv tartibotlari ofisda bo‘ladi;
- Biznesdagi yangiliklarga binoan: lokatsiya o‘zgarganda, maydonni kengaytirish/kamaytirishda, faoliyat turi o‘zgarganida qayta ro‘yxatdan o‘tishning zarurati yo‘q;
- Bu faoliyatning ba’zi turlari uchun maqbul yechim. Masalan, bu xodimlarining asosiy qismi uzoqda ishlaydigan IT kompaniyalar, asosan omborxonalardan tashkil topgan ulgurji kompaniyalar uchun qulay.
E’tibor bering, yuridik adres soliq xizmati tomonidan ayni tekshirilgan paytda sizning kompaniyangiz yuridik manzilda bo‘lmasa vaziyat oydinlashtirilguniga qadar schetingiz bloklab qo‘yiladi. Shuning uchun ham sizning ish joyingizni ko‘rsatadigan, sizning ro‘yxatga olinganingizni va ofisda bo‘lishingizni tasdiqlaydigan ishonchli ijarachining binosini tanlang.
Biz faqat yaxshi ijara tarixiga ega bo‘lgan, ishonchli ijara beruvchilar bilan ishlaymiz.
O’zbekistonda buxgalteriya xizmatlari
Soliq hisobotlari
MChJ, yakka tartibdagi tadbirkorni ro’yxatdan o’tkazish