Xorijiy kompaniyalar uchun buxgalterlik xizmatlari O‘zbekistonda
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalarning barchasi, ko‘proq buxgalteriya hisobining autsorsing turini tanlaydilar. Bu – avvalambor, xorijiy kompaniyalarning mahalliy qonunchilikka moslashuvidagi talablari bo‘yicha buxgalterlik kompaniyalarning katta tajribasi borligi tufaylidir.
Yaran Consulting xodimlari turli sohada faoliyat yuritaetgan korxonalar bilan ishlaydilar, mana shuning uchun ham ular O‘zbekistondagi soliqqa tortish, hujjatlarni yuritish, davlat ma’muriyatchiligining o‘ziga xos jihatlarini tez, oson va ravon tarzda tushuntirib berishlari mumkin. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xorijiy firma vakillari biz bilan ishlashni qulay deb hisoblashadi.
Xorijiy kapital bilan ishlaydigan kompaniyalar, odatda qanday buxgalterlik xizmatlarini tanlaydilar?
• to‘liq buxgalterlik hisobotini yuritish: hujjatlarni aylanmasini, soliq hisobotlarini tuzishni, kadrlar hisoboti va boshqalarni to‘liq olib borishni;
• Pay Roll – kadrlar hisobini va ish haqini hisoblab chiqishni. Ko‘pincha, xorijiy kompaniyalar buxgalterlik kompaniyalari bilan ishlash qanchalik qulay ekanligini aniqlab olish uchun dastlab, autsorsingga ba’zi qismlarni taqdim etadilar;
• ta’sischilar odatda o‘zlari o‘rgangan va qulay shakllarda axborot olishlari uchun moliya va soliq hisobotlarini asosiy tayanch firma standartlariga o‘tkazishni;
• soliqqa tortish, xorijiy kapital bilan ishlayotgan korxona uchun soliq imtiyozlari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahatlar.
O‘zbekistonda soliq qonunchiligi birmuncha murakkab, xorijiy yuridik shaxs, shubhasiz soliq tavakkalchiliklarisiz, shaffof hisob-kitob olib borishni xohlaydi.
Bizning kompaniya bilan ishlashning afzalliklaridan biri – keng hamkorlik tarmog‘idir. Ekspertlik xizmati sohasidagi 12 yillik faoliyatimiz davomida biz sifatli professional xizmatlar taqdim etgan kompaniyalar bilan do‘stona hamkorlik munosabatlarini shakllantirdik. Shuning uchun ham mijozlarimizga marketing agentligi, huquqshunoslar, tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassislari va boshqa hamkorlarni tavsiya qilishimiz mumkin.
Va, shubhasiz, xorijiy investisiya bilan ishlaydigan korxonalarning bizning kompaniya foydasiga eng asosiy dalil – mas’uliyat va javobgarlikning bo‘linishidir.
Biznesini boshqa mamlakatda boshlagan har bir kompaniya moliyaviy hisobot haqida bosh qotiradi.
Xorijiy firma Yaran Consulting bilan shartnoma imzolar ekan autsorsing kompaniyasi qay holatlarda xatolar va kamomadlar bo‘yicha moliyaviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini aniq biladi.
Vazifalarning samarali taqsimlanishi, ichki nazorat tizimining mavjudligi xatolar va kamomad holatlarining keskin kamayishiga olib keladi, buxgalterlarning professional jamoasi esa xorijiy kompaniyalar o‘zlarini har taraflama yaxshi his etishlariga imkoniyat yaratish uchun mijozlarining muammolarini tezkorlik bilan hal etadilar.
Biznesingizga g‘amxo‘rlik qilishni bizga ishonib topshiring!