Hisob-kitob siyosatini ishlab chiqish va hujjatlarni yuritish
Hisobotlarning yaxlit jarayonini tashkil etishda hisob-kitob siyosatining ahamiyati g‘oyat katta. Mavjud qonunchilik ko‘pgina hollarda hisob-kitob ishlarini tashkil etishning bir necha usullaridan birini tanlab olishga ruxsat etadi, ba’zida esa hatto mustaqil ravishda tegishli qoida ishlab chiqish majburiyatini ham yuklaydi.
Eng «klassik» misol sifatida amortizasiyani hisoblash usulini tanlashni keltirish mumkin.
Tanlangan usulga nafaqat ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi, balki shuningdek foydadan soliq hisoblanayotgandagi soliq to‘lovlari ham bog‘liqdir.
Shu bois tashkilotning hisob-kitob siyosati birdaniga bir necha funksiyani bajaradi:
Hisob-kitob siyosati o‘zida kompaniya ichida hisobotlarning tashkil etilishi va yuritilishi bo‘yicha qilinadigan rahbarlikni – tashkilotning hisob-kitob jarayonida ishtirok etayotgan barcha xodimlar uchun joriy etilgan qoidalarini mujassam etadi. Bu ayniqsa, mustaqil hisob-kitob yuritadigan alohida bo‘linmalari mavjud bo‘lgan tashkilotlarga tegishlidir. Bunday hollarda, hisob-kitobning bir shaklga keltirilishi, ya’ni unifikasiyalashtirilishi, ko‘pincha tashkilotning yagona samarali hisob-kitob siyosati bo‘lib xizmat qiladi.
Savodli tarzda shakllantirilgan hisob-kitob siyosati – soliq organlari bilan borayotgan bahslarni bartaraf etish, yoki hech bo‘lmaganda uni o‘z foydasiga hal etish uchun muhim omil hisoblanadi. Hisob-kitob siyosati har bir muayyan holatda hisobotlarni olib borish qoidalarini qay darajada batafsil, aniq belgilab bersa (mavjud qonunchilik bilan qarama-qarshi holatlar bo‘lmasa), nazorat qiluvchilarning ularni qo‘llanilishining haqqoniyligiga e’tiroz bildirishlari shunchalik mushkul bo‘lishi sir emas.
Hisob-kitob siyosati – optimallashtirishning g‘oyat kuchli vositasidir. Bu holda, hisob-kitob siyosati nafaqat soliq to‘lovlarini maqbullashtirishni, balki juda ko‘p holatlarda talab etilayotgan sermehnat jarayonlarni kamaytirish, topshirish sifatini oshirish va hisobga olinadigan ma’lumotlarni guruhlashtirish nuqtai nazaridan hisoblash jarayonini ham maqbullashtirishini aytib qo‘yish o‘rinlidir.
Hisob-kitob siyosati – bu hujjatlar majmui bo‘lib, u o‘zida quyidagilarni jam etadi:
- buxgalteriya hisobini zamonaviy talablar asosida va hisob-kitob ishlarining barcha qonun-qoidalariga muvofiq olib borish uchun zarur bo‘ladigan sintetik va analitik schetlarni jamlagan buxgalteriya hisobining ish rejalarini;
- xo‘jalik amaliyotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladigan, ular asosida dastlabki hisob-kitob hujjatlarining namunali nusxalari, shuningdek ichki buxgalteriya hisobotlari hujjatlarining nusxalari ko‘zda tutilmagan, dastlabki hisob-kitob hujjatlarining formalarini;
- mol-mulkni ro‘yxatlash ya’ni inventariizasiyalash qoidalari va mol-mulklar turlarini hamda majburiyatlarni baholash usullarini;
- hujjatlarni yuritish qoidalari va hisob-kitob ma’lumotlariga ishlov berish texnologiyasini;
- xo‘jalik amaliyotlari, ya’ni operatsiyalari, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun zarur bo‘ladigan boshqa qarorlarni;
- soliqlarni hisoblash registrlarining formalari va ularda soliqlar hisoboti tahliliy ma’lumotlarining aks etish tartibi, boshlang‘ich hisob-kitob hujjatlarining ma’lumotlari.
Navbatdagi moliya yili uchun hisob-kitob siyosati har yili tasdiqlanayotganda bosh buxgalter yoki rahbar hisob-kitoblarni yuritish tartibiga, shu kabi hisob-kitob siyosatini barqaror etishga ta’sir etadigan mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarda yuz beradigan o‘zgarishlarni kuzatib boradi.
Birinchi sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) – «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» ga muvofiq hisob-kitob siyosatini tashkil etish uchun javobgarlik korxona rahbarining zimmasida bo‘ladi.