Inventarizasiya: qaysi aktivlarni hisoblab chiqish kerak?

Inventarizasiya nima?

Inventarizasiya – buxgalteriya hisob-kitoblaridagi ma’lumotlarning haqiqatda mavjud aktivlar  bilan muvofiqligi borasidagi kompaniya ichida vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turiladigan tekshiruv.  

Inventarizasiya buxgalteriya hisob-kitoblaridagi  ma’lumotlar qanchalik  haqiqiy,  aktivlar  qanday holatda ekanligini  ko‘rsatib beradi. Inventarizasiya  davomida  kompaniyaga  tegishli  barcha aktivlar qayta hisoblab chiqiladi.

Inventarizasiyada qaysi aktivlar tekshirib chiqiladi

•          Asosiy mablag‘lar, tovar-moddiy boyliklar, hayvonlar va ularning bolalari iventarizasiyadan o‘tkaziladi – haqiqatda mavjud naqd aktivlar tekshirib chiqiladi, sonlari qayta sanaladi;

•          Nomoddiy aktivlarni inventarizasiya qilish – mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi tegishli  hujjatlar  mavjudligini tekshirish;

•          Moliyaviy mablag‘larni inventarizasiya qilish – mulkka egalik qilish borasidagi hujjatlar  mavjudligini tekshirish,  ularning  seriya raqamlarini, so‘ndirish  muddatlarini solishtirish, investisiyalarning daromadliligini  tekshirib ko‘rish;

•          Tugallanmagan ishlab chiqarishni va kelgusidagi davr uchun xarajatlarni inventarizasiya qilish – sarflanayotgan mablag‘larning to‘g‘ri qayd etib borilayotganini tekshirib ko‘rish;  Moliyaviy hisobotni tuzishda   ko‘pincha, qandaydir sabablar bilan mana shu ikki schetga ayni o‘sha   paytda ko‘rsatish nomaqbul  hisoblangan xarajatlar ham kiritib  yuborilishi mumkin.  Masalan, bunday payt dividendlarni tarqatish arafasi bo‘lishi mumkin yoki rahbariyatning   bonusi miqdori sof daromad hajmiga  bog‘liq bo‘lishi sababli. 

•          Pul mablag‘larini, qimmatliklar va qat’iy hisobotdagi  blanklarini  inventarizasiya qilish – mavjud naqd pul mablag‘larini tekshirish, qayta hisoblab chiqish. Shuningdek, kassa binosining yoritilganligini, panjaralarni, seyflarni va boshqalarni  tekshirish kerak. 

•          Hisob-kitoblarni  inventarizasiya qilish – debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tekshirib ko‘rish. Masalan, ta’minotchilarga avans rostdan ham berilganmi, xodimlarga  rostdan ham oylik maoshlar tarqatilganmi,  muddati o‘tgan debitor qarzdorliklari bo‘yicha da’vo arizasi berilganligini tekshrib chiqish lozim. 

E’tibor bering, inventarizasiya paytida kamomadlar ham, ortiqcha mablag‘lar ham kelib chiqishi  mumkin. Ya’ni inventarizasiya natijasida ilgari buxgalteriya hisob-kitoblarida aks etmagan aktivlar uchrab qolishi mumkin.

Qaysi hollarda inventarizasiya o‘tkazish mumkin

Buxgalteriya hisob-kitoblarining 19-sonli Milliy Standartiga muvofiq — har bir aktivda o‘zining inventarizasiya o‘tkazish davri bo‘ladi.

Tashkilot o‘zining hisob-kitob siyosatida  boshqa inventarizasiyalar ham  tashkil etishi    – bu tadbirni tez-tez o‘tkazib turish yoki qo‘shimcha ichki tekshirishni joriy etishi mumkin;

Boshqaruv guruhi  — direktor, bosh  buxgalter, ombor mudiri almashganda.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar