Zararga kirmaslik nuqtasi

Zararga kirmaslik  nuqtasi  –  bu  tovar va xizmatlar taqdim etilganda, ularni   tushumning umumiy xarajatlarni qoplagan  holda sotish hajmi

 E’tibor bering, zararga kirmaslik  nuqtasi  bu biznes/investisiya xarajatlarini qoplash muddati emas. 

Zararga kirmaslik  nuqtasini bilish nima uchun kerak

Zararga kirmaslik  nuqtasi hisob-kitoblari  quyidagilar uchun foydali bo‘ladi:

  • Ishlab chiqarish va sotishni  rejalashtirish – sotuvning eng kam darajasi, sotish bo‘limi uchun rejalar  ishlab chiqish, xom-ashyo va materiallar sotib olish, xodimlarni tanlash
  • Bahoni shakllantirish – baho va tovar hamda xizmatlar realizasiyasi muddatlari bo‘yicha hisob-kitoblarning turli variantlari
  • Yangi biznesda investisiyalash, joriy biznesni kengaytirish, yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida qarorlar qabul qilish

Hisob-kitoblar ayniqsa,  turli-tuman bo‘hronlar, bozordagi global o‘zgarishlarda foydali

Zararga kirmaslik  nuqtasi qanday hisoblab chiqiladi

Odatda, zararga kirmaslik  nuqtasinini mahsulotlar yoki xizmatlar soninida, ularning  puldagi qimmatida hisoblashadi 

Zararga kirmaslik  nuqtasi hisob-kitoblarining  formulasi:

ZK (soni) = Doimiy xarajatlar/(tovar birligi uchun baho – o‘zgarib turuvchi xarajatlar) ZK (pul) = Doimiy xarajatlar/(tushum – o‘zgarib turuvchi xarajatlar) x tushum

  • Tushum – tovarlar yoki xizmatlar realizasiyasidan kelib tushgan pul. 
  • Tovar/xizmatlar  birligi uchun baho – bitta tovar yoki xizmatning narxi 
  • O‘zgarib turuvchi xarajatlar – bevosita tovar ishlab chiqish  yoki xizmalar uchun xarajatlar (ishchilarning ishbay haqlari, xom-ashyo/materiallarning tannarxi)
  •  Doimiy xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq  bo‘lmagan  xarajatlar (binoni ijaraga olish, ish haqining maosh qismi, reklama, aloqa xizmatlari, qo‘riqlash va boshqalar) 

Agar sizda bir ko‘rinishdagi tovar yoki xizmat bo‘lsa, u holda son ifodasidagi hisob-kitoblardan foydalanish qulayroq. Ya’ni barcha xarajatlarni  qoplash uchun qancha  tovar yoki xizmatlarni  sotish kerak.

Agar sizda  tovar yoki xizmatlarning turlari ko‘p bo‘lsa, u holda hisob-kitoblarni  pul orqali olib borish  yaxshiroq

E’tibor bering, zararga kirmaslik  nuqtasini hisob-kitob qilish uchun  tovarlar yoki xizmatlar tannarxini to‘g‘ri hisoblab chiqish ham zarur.

Misol

Tovarning bahosi  300 000 so‘m

Tannarxi 230 000 so‘m

Ijara oyiga  17 000 000 so‘m

Buxgalteriya autsorsingi  6 000 000 so‘m

Direktorning oylik maoshi 14 000 000 so‘m

Reklama xarajatlari 12 000 000 so‘m

Bu holda  doimiy xarajatlar (sotuv hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar)  49 000 000 so‘mga (17 + 6+ 14+12) teng bo‘ladi.

U holda zararga kirmaslik nuqtasi – ZK = 49 000 000 / (300 000 – 230 000) = 700 birlikka teng bo‘ladi

Ya’ni, barcha doimiy xarajatlarni qoplab “nolga chiqish” uchun 700 birlikdagi tovarni  sotish  zarur bo‘ladi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar