Mana shu yilda mening buxgalteriya hisoboti va audit sohasida ishlayotganimga roppa-rosa 19 yil bo‘ladi, bu davr mobaynida buxgalterning nima bilan shug‘ullanayotgani yoki shug‘ullanishi kerakligi to‘g‘risida ko‘plab mulohazalarni eshitdim.
Negadir jamiyatda buxgalter qiyofasida hamma narsani – buxgalteriyani, soliq hisob-kitobini, tashqi iqtisodiy faoliyatni, yurisprudensiyani, jahon iqtisodieti qanday qadam tashlayotganini va hatto, valyutalar kursi qanday o‘zgarishini biladigan odam tasavvur etiladi. Go‘yo ayni paytda, u kun bo‘yi bekorchilikdan shirinlik bilan kofe ichib o‘tiradi, bittagina barmog‘i bilan dastur tugmachasini bosdimi, barcha hisob-kitoblar o‘z-o‘zidan amalga oshib qolaveradi.
Shu bois, buxgalter atrofida aylanib yuradigan bunday afsonalar haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishi haqida yozishga qaror qildim.
Buxgalter hammasini bilishi kerak!
Menimcha, bu yorug‘ olamda hamma narsani biladigan birorta ham mutaxassis topilmasa kerak. Keyingi bir necha yuz yilliklarda odamlar ayni muayyan masalalarda mutaxassis bo‘lish uchun kasblarni bir-birlaridan ajrata boshladilar. Siz o‘z kasbidan tashqari stomotologiyani va veterinariyani bilgan kardiologga ishongan bo‘larmidingiz?
Buxgalter faoliyatining mahsuloti moliyaviy hisobot hisoblanadi. Buni tuzish uchun u buxgalteriya hisob-kitoblarini olib borishni, soliqlarni hisoblab chiqishi, moliyaviy va soliq hisob-kitoblarini amalga oshira olishi kerak.
Professional buxgalter, odatda har yili malaka oshirishi, xalqaro kurslarda o‘qishi kerak.
Yurisprudensiya, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat va biznesga u yoki bu darajada aloqador bo‘lgan boshqa sohalarni, buxgalterda bu yo‘nalishlarda umumiy tasavvur bo‘lsa ham, aslida bilishga majbur emas.
Aytishlaricha, buxgalter faqat 1С tugmachasini bosadi va dastur hammasini o‘zi amalga oshirar emish
Agar shunday bo‘lganida olam guliston bo‘lar edi, ammo afsuski, bunday emas.
Tugmachani bosishdan ilgari boshlang‘ich hujjatlarni tayyorlash, barcha ma’lumotlarni dasturga kiritish, ularning buxgalteriya hisob-kitoblarida to‘g‘ri aks etganini tekshirish, hisob registrlari qay darajada to‘g‘ri shakllanayotganligini aniqlab chiqish kerak.
Bu holdagi 1S dasturi va shunga o‘xshagan omillar buxgalterga faqat yordam berishi mumkin.
Demak, buxgalter har doim ham shirinlik bilan kofe ichib o‘tirib bo‘lmaydi, chunki ishlar doim qaynab turadi.
Hamma ham buxgalter bo‘lishi mumkin
Boshqa har qanday kasblardagi kabi har qanday inson buxgalter bo‘lishi mumkin. Ammo professional buxgalter bo‘lish uchun faqat buxgalterlik kursini shunchaki tugallab qo‘yishi, balki bu boradagi bilimlar bilan qiziqish, o‘z kasbi bo‘yicha muntazam mukammallikka intilishi kerak.
Buxgalter biznesga ta’sir etmaydi, u faqat soliqlar uchun zarur
Aslda, buxgalteriya ma’lumotlari, ular asosida muhim boshqaruv qarorlari qabul qilinishi uchun kerak.
Masalan, tannarxni hisoblab chiqish bahoni aniqlashga yordam beradi, pul mablag‘larining harakati haqidagi hisobot qaysi oyda kredit olish zarurligini yoki qandaydir loyihalarni investisiyalashimiz lozimligini taqozo etadi.
Professional buxgalter har doim qonunchilikdagi yangiliklarni kuzatib boradi va soliqlarni hisoblash va xarajatlarni qanday maqbullashtirishni aytib turishi mumkin.
Buxgalter – murosa qilib bo‘lmaydigan o‘jar xolajon
Aslida biz turfaxilmiz: buxgalterlarning orasida nafaqat ayollar, balki erkaklar ham, optimistlar ham, pessimistlar ham bor.
Ko‘p hollarda buxgalterlar murosasiz bo‘lib ko‘rinishi mumkin, chunki biz qonunchilikka asoslanib faoliyat yuritamiz. Shu bois, harqanday qoidabuzarlik kompaniya, rahbar va buxgalter zimmasiga tushadigan jarima bilan yakunlanadi. Mana shuning uchun ham buxgalter ko‘pincha soliq bazasini oshishiga sabab bo‘ladigan – hujjatlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirishdan, tovar va xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirishdan bo‘yin tovlashga majbur.
Har qanday boshqa xodim singari buxgalter ham kompaniyaga foyda keltirishni, biznesni gullab-yashnashida ishtirok etishni xohlaydi. Rahbarning muhim vazifalardan biri – buxgalter imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishdir.