“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunga binoan buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni rahbar mustaqil amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobi xizmati tashkil etiladi yoki shartnoma asosida ishlaydigan jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalaniladi.
Ko‘pincha, yirik tashkilotlarda rahbarlar buxgalteriya hisobini shaxsan olib borishga qaror qiladi.
Shunday qilish zarurmi?
Avvaliga rahbar buxgalteriya hisobini mustaqil olib borishga qaror qiladigan sabablarni ko‘rib chiqishga tavsiya etaman:
• Buxgalter ishi uchun to‘lanadigan tayyor mablag‘ning yo‘qligi;
• Buxgalteriya hisobi sohasida faqat ozgina bilimi borligi;
• Bu vaqtinchalik chora, xatolarni to‘g‘rilash uchun keyinroq auditor chaqirish mo‘ljallanganligi.
Auditorlik amaliyotimda hisob-kitoblarni rahbarning o‘zi olib borayotgan kompaniyalarni ko‘p uchratganman va shuni aytishim kerakki, bu hol kompaniyaga muvaffaqiyat olib kelgan deb ayta olmayman. Mening nazarimda korxonaning muvaffaqiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ravnaqiga qanchalik jon kuydiradigan marketingni, savdoni, strategiyani rivojlantirish bilan bog‘liq. Ya’ni rahbarlar barcha vaqtlarini asosan strategik rejalashtirish va biznesni rivojlantirishga bag‘ishlaydilar.
Hatto eng kichkina kompaniya ham buxgalterlik hisob-kitobini olib borish deganda nafaqat schet fakturani to‘ldirish va yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqishni, balki har bir soliqni hisoblashning nozik tomonlarini, soliq, mehnat va ma’muriy kodekslarini bilishni, buxgalteriya provodkalarini tuzish, buxgalteriya hisob-kitobining milliy standartlarini bilishni ko‘zda tutadi. Ya’ni nafaqat hisob-kitobni olib borish, balki bilimini oshirishga: ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni o‘qish, soha bo‘yicha seminarlarga, qonunchilikdagi o‘zgarishlar monitoringiga qatnashishga harakat qilish kerak.
Rahbarlar shuncha ish uchun vaqtni qaerdan topadi? Boshlovchi tadbirkorlarning ko‘pchiligi bir kechayu kunduzda 18 – 19 soatlab ishlaydilar. Ha, ishonavering, biznesni endigina boshladingmi, har bir ishni o‘z muddatida tugallash qiyin. Biroq, buxgalteriya hisob-kitoblarini olib borish va soliq, moliya va statistika hisobotlari e’tiborni to‘liq bir jayga to‘plashni talab qiladi. Agar inson haftaning 7 kunida 18 soatdan ishlaydigan bo‘lsa e’tiborni jamlash haqida qanday gap bo‘lishi mumkin?
Aminmanki, buxgalterlikni o‘zi olib borayotgan rahbarlarning ko‘pchiligi fikrimga qo‘shilmas, biroq buxgalteriya hisob-kitoblarini mustaqil olib borishning anchagina afzalliklari ham bor:
• Pul mablag‘lari, aktivlar, xarajatlar nazorati;
• Barcha boshlang‘ich hujjatlarning borligi va harakati nazorati;
• Hisob-kitobni olib borish sifatini, hisobotlarni tayyorlash nazorati.
Ya’ni bunday rahbarda har doim hamma narsa nazoratda.
O‘z biznesimni boshlagan davrda iqtisod qilish maqsadida hamma ishni o‘zim mustaqil qilar edim, biroq oradan 3 – 4 oy o‘tgach moliyaviy natijalarni tahlil etib, shunday xulosaga keldimki, rostdan ham anchagina narsa iqtisod qildim, lekin hech narsa topmaganimni angladim! O‘zimga biror narsa topishga vaqt ham bo‘lmagan, axir qancha yugurib yelish mumkin.
O‘sha paytdan boshlab kompaniya ravnaqiga bevosita aloqador bo‘lmagan zarur ishlarni: tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish, klining xizmati, kur’erlik xizmati – barchasini autsorsga berishga harakat qilaman.
Hisob-kitobni qanday olib borishni har bir rahbar o‘zi buxgalterlik qiladimi, chetdan buxgalter yollaydimi yoki autsorsing kompaniyasi bilan shartnoma tuzadimi buni o‘zi tanlaydi, biroq auditor va biznes mulkdori sifatida tavsiya qilmoqdamanki, qaror qabul qilishdan ilgari nafaqat xizmatning, balki o‘z vaqtingizning narxini va zararlaringizni ham hisoblab ko‘ring.