Buxgalterlik kompaniyasini qanday to‘g‘ri tanlash  mumkin

Buxgalteriyani autsorsingga o‘tkazishni  nafaqat kichik va o‘rta  biznes, balki  jahon sanoati va savdosining liderlari ham afzal ko‘rishadi.

Masalan, buxgalteriya hisob-kitoblarini olib borish va moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun IKEA kompaniyasi o‘z kadrlarini  chakana  savdoga jalb etgan holda 2,5 ming chet tashkilotlaridan  foydalanadi.  

Biz buxgalterlik kompaniyalari xizmatidan foydalanishning qanchalik  foydali ekanligi haqida ko‘p yozdik. Bu – maoshlar va oylik ish haqilari chegirmalari bo‘yicha, ish joylarini  jihozlash: komp’yuter  texnikasi, internet, kanselyariya buyumlari bo‘yicha xarajatlarning kamayishidir.

Hal etilmagan faqat bitta masala qoldi: buxgalteriya hisob-kitoblarini olib borish bo‘yicha qanday ko‘rsatkichlarga e’tiborni qaratish kerak?

Mijoz va hamkorlarga tavsiyalar

Buxgalteriya xizmati sifatini bir martalik urinishlardayoq darhol baholash  qiyin, shuning uchun dastlab autsorsing  kompaniyalari haqida bilib olishlariga to‘g‘ri  keladi.

Saytda  ko‘rsatilgan hamkorlar va mijozlarga qo‘ng‘iroq qiling, bajarilgan xizmatlar  sifati bilan qiziqing, kompaniya to‘g‘risidagi mulohazalar bilan tanishing.

Buxgalterlik  xizmati ko‘rsatish uchun shartnoma

Tanishish uchun shartnoma loyihasini so‘rab oling. Shartnoma tuzish oldidan uning shartlari bilan tanishib chiqing.  Haqiqiy professional kompaniya shartnoma shartlariga   nafaqat to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, balki o‘zlarining  majburiyatlari va javobgarliklarini  ham kiritadi.

Shartnomadagi nimalarga  e’tibor berish kerak:

•          Kompaniya qaysi turdagi xizmatlarni ko‘rsatishiga;

•          Boshlang‘ich hujjatlarni  tayyorlash bo‘yicha buyurtmachi va ijrochi majburiyatlariga;

•          Hisobotlarni topshirish muddatini kechiktirgani uchun, noto‘g‘ri hisob-kitobni topshirgani uchun kimning javob berishiga. Jumladan peniya va jarimalarning kim tomonidan to‘lanishiga. 

Hisob-kitob ishlarida  xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka hech kim, shu jumladan  shtatdagi buxgalter ham  kafolatlab qo‘yilgan emas, ammo u zararni to‘liq qoplashi dargumon. Biroq, bu singari muammolarni butunlay boshqa moliyaviy imkoniyatlari bo‘lgan autsorsing kompaniyasi qanday hal etishi mumkin.

Maxfiylikni saqlash

Buxgalterlik xizmati bir qator talablarga  javob berishi kerak – ularning muhimlaridan biri maxfiylikni saqlashdan iborat.

Mijozga taalluqli bo‘lgan ma’lumot (tijorat yoki tadbirkorlik) maxfiyligi haqidagi  shartnomada  ko‘rsatilishi kerak yoki bu qo‘shimcha kelishuv sifatida rasmiylashtirilishi zarur. Autsorser sizning qog‘oz yoki elektron formatda olgan ma’lumotlarni o‘zgartirilmagan  shaklda saqlanishini  kafolatlashi kerak, ular bilan faqat  vakolatli shaxsgina tanishishi mumkin.  Vakolatli shaxslar ro‘yxati, odatda mijozning rahbariyati bilan kelishiladi.

Nazorat qilish organlarida manfaatlarni ifoda etish

Soliq, moliya, statistik va boshqa hisobotlar jo‘natilganidan so‘ng nazorat organlarida  turli savollar paydo bo‘lishi mumkin.

Masalan, ko‘pincha kameral tekshiruvdan keyin soliq inspeksiyasiga topshirilgan hisobot haqida tushuntirish berishga to‘g‘ri keladi. 

O‘z faoliyatini bir necha yildan buyon davom ettirib kelayotgan  buxgalterlik kompaniyasi soliqning talablariga  qanday munosabat bildirishni va tekshiruvlar qanday o‘tishini yaxshi biladi.

Shartnoma tuzgan paytda buxgalterlik kompaniyasi bilan  u ana shunday hollarda  sizning manfaatlaringizni qo‘llab-quvvatlashini kelishib olishingiz kerak.

Soliq solishni maqbullashtirish

Har bir soliq to‘lovchi soliq yukini kamaytirish uchun barcha qonuniy usullarni  qo‘llashga  haqli.

Buxgalterlik xizmatining yaxshi autsorseri sizga:

•          Qonunchilikdagi sizning biznesingizga to‘g‘ri keladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beradi;

•          Faoliyatning yangi yo‘nalishi  yoki standartga to‘g‘ri kelmaydigan amaliyotlar paydo bo‘lganda maslahatlar beradi;

•          Soliq to‘lashning eng qulay usulini tanlashda  o‘z yordamini taqdim etadi.

Yaxshi buxgalterlik kompaniyaning mutaxassislari o‘zlarining fikrlarini me’yoriy-huquqiy aktlar bilan  tasdiqlagan holda soliq qonunchiligining barcha  nozik qirralarini ishga sola oladilar.

Buxgalterlik kompaniyalari xodimlarining professional tayyorgarliklari

Yaxshi  kompaniya xodimlarining malakasiga e’tibor beradi, ularning dolzarb huquqiy bazaga taalluqli professional diplomlari, sertifikatlari guvohnomalari borligini tasdiqlaydi.  Shuni ham yitib o‘tish kerakki, shtatda buxgalter bo‘lgan taqdirda  xodimining malakasini oshirish borasidagi xarajatlar ko‘pincha biznes egasining   zimmasiga yuklanadi.

Hamkorlik tarmog‘i

Hamkorlik tarmog‘i – bu bir-biriga yaqin xizmatlar taqdim etadigan kompaniya. Masalan, buxgalterlik kompaniyasi uchun birgalikda ishlaydigan mutaxassislar: huquqshunoslar, tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassislari, reklama agentlari bo‘lishi muhimdir.  Professional kompaniyalar mijozlarining qidirish va tanlashga vaqtlarini bekorga sarflamasliklari uchun  hamkorlik tarmog‘ini  tashkil qilgan. Shuningdek, hamkorlik tarmog‘i taqdim etilayotgan xizmatlar  sifatini kafolatlaydi.  

Buxgalterlik kompaniyasi mijozlarni istiqboldagi uzoq muddatlarda birgalikda faoliyat yuritish   nuqtai nazaridan tanlaydi, shuning uchun ham hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berishdan aslo tortinmang. Siz bir-birlaringizni qanchalik tushuna olasiz va kompaniya sizga qanchalik yordam berishni xohlashini to‘g‘ri baholash zarur. 

Biznesdagi eng yaxshi hamkor  – birgalikda muvaffaqiyatli rivojlanish garovi!

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar