Soliq solish maqsadida har yili ijara to‘lovlarining eng kam stavkalari joriy etiladi.
Ya’ni jismoniy va yuridik shaxs mulkini belgilangan stavkadan kam miqdordagi pulga ijaraga berishga haqi bor, ammo soliq ijara to‘lovlarining eng kam miqdori bo‘yicha hisoblanadi.
Ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish bo‘yicha faqat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalarda istesnoga yo‘l qo‘yiladi.
№ | Ijaraga beriladigan mulk shakli | O‘rnatilgan stavka miqdorini asoslaydigan ko‘rsatkich | Ijaraning oyiga, so‘mdagi eng kam miqdordagi stavkalari | ||
Toshkent shahri | Nukus shahri, viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar | Boshqa aholi punktlari | |||
1. | Bino: | ||||
Turar-joy binosi | Umumiy maydonning 1 kv. metri uchun | 25 000 | 12 000 | 5 000 | |
Noturar joy binosi | 40 000 | 23 500 | 10 000 | ||
2. | Avtomobil transporti: | ||||
Yengil avtomobil (odamlarni tashishga mo‘ljallangan, yukxonasi va haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda 8 ta joyi bo‘lgan avtotransport vositasi) | 1 avtotransport vositasi uchun | 780 000 | |||
Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari | 1 550 000 |
Masalan, jismoniy shaxs Toshkent shahridagi 100 kv.m turur joy binosini 1 mln so‘mga ijaraga beradi.
Ya’ni ijarani 1 kv.metrining narxi – 10 000 so‘mni tashkil qiladi (1 mln/100 kv.m).
Bu holda jismoniy shaxs 2,5 mln so‘mdan 12% jismoniy shaxs daromad solig‘i hisoblaydi. (25 000 so‘m x 100 kv.m).
Yoki yuridik shaxs Toshkentda 100 kv. m noturar joy binosini 19 mln so‘mga, shu jumladan 12% QQSga ijaraga beradi
Ya’ni 1 kv.m. ijarasi – 169 642 so‘mni tashkil etadi (19 mln – QQS 12%)/100 kv.m).
Bu holda yuridik shaxs soliq bazasiga 16 964 200 so‘m hisoblaydi (169 642 so‘m x 100 kv.m)