Oylik ish haqi xarajatlari va ularga hisoblanadigan soliqlar – harqanday korxona xarajatlarining eng muhim bo‘limlaridan biridir, bu ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohasida yaqqolroq seziladi.
Amaldagi qonunchilik xarajatlarni optimallashtirishni taqozo etadi. Biznes rahbari va mulkdorga oylik ish haqi va unga hisoblanadigan soliqlarni birmuncha qisqatririshga yordam beradigan bir necha variantlarni ko‘rib chiqamiz.
Jadvalda BHM – 300 000 so‘m bo‘lgan davrda xodim oyiga 10 mln so‘m maosh olgan holatda yil davomida iqtisod qilish bo‘yicha misollar keltiraman.
Nomi | Xodim | Kasanachi | FHSh | O‘zini o‘zi band etuvchi | Yakka tartibdagi tadbirkor | Autsorsing kompaniyasi |
Oylik maosh | 120 mln (10 mln x 12 oyga) | |||||
Qo‘shimcha to‘lovlar | bor | bor | yo‘q | yo‘q | yo‘q | yo‘q |
JShDS | 14,4 mln | 7,2 mln | 14,4 mln | 0 | 3,3 mln | 0 |
Ijtimoiy soliq | 14,4 mln | 0,3 mln | 14,4 mln | 0,3 mln | 3,6 mln | 0 |
Soliqlarning jami miqdori | 28,8 mln | 7,5 mln | 28,8 mln | 0,3 mln | 6,9 mln | 0 |
Rahbarning optimallashtirish borasidagi tavsiyalarini qo‘llash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
• Shtat jadvalini lavozimlarning turlari bo‘yicha tahlil etib chiqish
• Hisob-kitob vedomostlarini oylik maosh miqdori va undan olinadigan soliqlar bo‘yicha tahlil etib chiqish
• Hisob-kitob vedomostlarini xodimga to‘langan qo‘shimcha to‘lovlar bo‘yicha tahlil etib chiqish
Xodimlarga qo‘shimcha to‘lovlar
Shtatdagi xodimlarga oylik maoshdan tashqari quyidagi qo‘shimcha to‘lovlar ham to‘lanadi:
• Har yilgi mehnat ta’tili to‘lovi. E’tibor bering, agar siz mehnat ta’tili uchun to‘lovni har yili amalga oshirib bormasangiz, u ishdan bo‘shaganda xodimning mehnat qilgan butun davri uchun mehnat ta’tili pulini to‘laysiz.
• Kasal bo‘lgan kunlari uchun to‘lov – kasallik varaqasi taqdim etilganda to‘lanadi.
• Ishdan bo‘shaganda qonunga muvofiq beriladigan pul – ish beruvchining tashabbusi bilan bo‘shatilganda beriladi
Bundan keyin qiyoslaganda ushbu ma’lumotlarni ham e’tiborda tutish uchun keltirmoqdamiz.
Shtatdagi xodimlar uchun soliq imtiyozlari
Shtatdagi xodimlar deganda bu holda mehnat shartnomasi bilan ishlayotgan xodimlar nazarda tutiladi.
Soliq kodeksida jismoniy shaxsga solinadigan daromad solig‘i (54-bob), ijtimoiy soliq (58-bob) imtiyozlari, jumladan quyidagilar ko‘rsatib berilgan:
• Mehnatga to‘lanadigan haqning eng kam miqdorining 80 tasigacha bo‘lgan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarga soliq solinmaydi.
• Xodimning ish beruvchidan ko‘rgan manfaatiga (xodim uchun bolalar bog‘chasiga, davolanishga va boshqalar xarajatlarga qilingan to‘lovlarga) soliq solinmaydi.
Ish beruvchiga o‘z xodimi uchun qilayotgan to‘lovlari turlarini, imtiyozli daromadlari bor yoki yo‘qligini tahlil etishni tavsiya qilamiz.
Kasanachilar
Kasanachilar – kompaniyaning o‘z ishlarini uylarida turgan holda qilib beradigan xodimlaridir. Bu holda kasanachilar qo‘shimcha to‘lovlar olishga ham haqli.
Kasanachilar uchun imtiyozlar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
• JShDS bo‘yicha imtiyoz: 2025yilning 1 yanvariga qadar soliq bazasi 50 foizga kamayadi.
• Ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyoz: yiliga 1 BHM
Ish beruvchiga lavozimlarni tahlil etib ko‘rishni, balki yana kimlarnidir kasanachilik toifasiga o‘tkazish zarurligini tekshirib chiqishni tavsiya etamiz.
FHShchilar
FHShchilar – fuqarolik huquqiy shartnoma asosida ishlayotgan, muayyan hajmdagi ishni bajarayotgan, kompaniyaning xodimi bo‘lmagan jismoniy shaxslar.
Aslida, soliqlar nuqtai nazaridan imtiyozlar yo‘q. Biroq ish beruvchining qo‘shimcha to‘lovlar bo‘yicha majburiyatining yo‘qligi juda katta ustuvorlik hisoblanadi.
Siz mana shu xodim bilan kelgusida, uzoq muddat ishlashingizga ishonchingiz bo‘lmagan hollarda, masalan sinov muddatida FHSh asosida ishlash qulaydir.
O‘zini o‘zi band etganlar
O‘zini o‘zi band etganlar muayyan hajmdagi ishni bajarayotgan, shartnoma asosida ishlayotgan va kompaniyaning xodimi bo‘lmagan jismoniy shaxslar.
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar:
- JShDS dan ozod qilingan
- Ijtimoiy soliq – yiliga 1 BHM
Ish beruvchiga lavozimlarni tahlil etib ko‘rishni, o‘zini o‘zi band etishga ruxsat etilganlar sifatida faoliyat yuritayotganlarni qaysidir lavozimlarga, masalan smm mutaxassis lavozimiga mos kelish-kelmasligini tekshirib ko‘rishni tavsiya qilamiz.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT)
YaTT – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar.
Soliq bo‘yicha imtiyozlar:
- JShDS – qat’iy belgilangan, aylanmadan 4 foiz
- Ijtimoiy soliq – oyiga 1 BHM
Ish beruvchiga lavozimlarni tahlil etib ko‘rishni, qaysidir lavozimga YaTT sifatida faoliyat yuritishga ruxsat etilganlar, masalan tarjima, tahrir qilish singari xizmatlar to‘g‘ri kelish-kelmasligini tahlil etib chiqish.
Autsorsing
Autsorsing – vazifani chetdagi ixtisoslashtirilgan kompaniyaga topshirish. Masalan, buxgalterlik xizmatini “Yaran Consulting”ga taqdim etish.
Bu holda ish beruvchi JShDS va ijtimoiy soliq, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lamaydi, Shuningdek, ish o‘rni tashkil etish, mebel va tashkiliy texnika vositalari sotib olishga mablag‘ sarflanmaydi.