Plastik kartalar  va elektron hamyonlarning  shubhali operatsiyalar 

To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga (№3266, 03.04.2023 y.) asosan to‘lov tizimlari operatorlari shubhali operatsiyalarni kuzatish choralarini ko‘rishlari kerak.

Qaysi operatsiyalar shubhali hisoblanadi:

  • operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa;
  • pul mablag‘larining bitta shaxsga tegishli yoki unga rasmiylashtirilgan bir yoki bir nechta bank kartalariga yoxud elektron hamyonlarga bir yoki bir necha marotaba 30 kun davomida umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorda o‘tkazilishi;
  • summalari bo‘yicha (masalan, chetga chiqish operatsiyalarning o‘rtacha summasining 50 foizidan oshmaydi) o‘xshash pul mablag‘lari va elektron pullarning muntazam ravishda (3 oy ichida ketma-ket) bir xil mijozlar tomonidan bir xil benefisiarlarga o‘tkazilishi yoki bir xil jo‘natuvchilardan bir xil mijozlarga kelib tushishi;
  • pul mablag‘larini o‘tkazilishi bo‘yicha ahamiyatga molik miqdordagi operatsiyalarning ko‘p mijozlar tomonidan bitta benefisiarga yoki ahamiyatga molik miqdordagi manbalardan bitta mijozga amalga oshirilishi (ahamiyatga molik miqdor sifatida, mijoz operatsiyalari sonining taqqoslanayotgan vaqt davridagi mijozning shu turdagi operatsiyalarining o‘rtacha sonidan 10 baravardan ortiq miqdorda oshishi tan olinadi);
  • to‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida shubha mavjud bo‘lgan boshqa operatsiyalar. Shubhali operatsiyalarning qo‘shimcha mezonlari va alomatlari ichki hujjatlar yordamida aniqlanishi mumkin.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar