O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatni  ro‘yxatga qo‘yish

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)  biznesning eng ommaviy  shakllaridan biridir.  Chunki uning uchun faoliyat turi yoki xodimlarning soni bo‘yicha  cheklovlar yo‘q.

O‘zbekistonda  MChJ ochishga kimlarning haqi bor

MChJni  O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs, yuridik shaxs bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, xorijiy jismoniy shaxs va xorijiy  yuridik shaxs ochishi mumkin.

MChJni bir necha usul bilan  ro‘yxatga qo‘yish mumkin: 

  • Mustaqil ravishda Davlat xizmatlarining sayti orqali “onlayn” tarzda
  • Davlat xizmatlari markazida
  • Konsalting, buxgalterlik va yuridik kompaniyalar  yordamida

MChJ va хorijiy MChJning o‘zini  ro‘yxatga qo‘yishga quyidagi hujjatlar zarur: 

  • Har bir ta’sischi bo‘lgan jismoniy shaxsda soliq to‘lovchining  identifikatsiya  raqami (JShShIR) bo‘lishi kerak. Xorij fuqarolari  uni Davlat xizmatlari markazidan olishlari mumkin.
  • Xorijiy yuridik shaxs  o‘z mamlakatidagi yuridik shaxs reyestrlaridan notarial tasdiqlangan ko‘chirmani va uning manfaatlari vakolatiga  ishonch xatini  taqdim etishga majbur.
  • Yangi yuridik shaxsning zahiraga olib qo‘yilgan nomi
  • Yuridik shaxs ochish to‘g‘risida  qaror qabul qilingan  yig‘ilish  bayonnomasi
  • Yangi yuridik shaxsning davlat tilidagi ustavi va ta’sis shartnomasi 
  • Bino mulkdoridan yuridik adres taqdim etilganligi to‘g‘risida  kafolat xati.

Ro‘yxatga olish tadbiri amalga oshirilganidan keyin yuridik shaxs Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma oladi.

10  kalendar kuni davomida quyidaglga oshiriladi:

  • Muhrga buyurtma beriladi
  • Direktor tayinlanadi
  • Bankda hisobraqam ochiladi
  • Uni  elektron  tizimda hisobga qo‘yish bilan ijara shartnomasi tuziladi
  • Soliq hisoblash tizimini tanlash va tegishli tuman soliq xizmatiga  xabar yuborish

E’tibor bering:

  • MChJ rahbari faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lishi mumkin. Ya’ni agar siz xorijiy jismoniy shaxsni rahbar qilib tayinlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, u holda o‘sha shaxs O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma olishi kerak.  Biroq u faqat kompaniya ro‘yxatdan o‘tganidan keyingina ruxsat olishi mumkin bo‘ladi.  Tabiiyki, ishga ruxsat olingan paytgacha direktor lavozimiga  O‘zbekiston Respublikasi rezidenti tayinlanib turishi zarur.
  • Xorijiy MChJ rahbari, ayniqsa bu tashkilot xorjiy ishtirokchilar bilan  ro‘yxatga olinayotganida O‘zbekistonda ishlashga uch oy mobaynida ruxsat olish majburiyati bilan chet ellik  jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. 

Xorijiy tadbirkorlarga  ham O‘zbekistonda mahalliy tadbirkorlarniki singari   sharoitlar taqdim etiladi, jiddiy hajmdagi investitsiyalar  jalb qilingan hollarda qo‘shimcha imtiyozlar va yengilliklar beriladi. 

Maslan,

  • Investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik uch yillik viza olish va uning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish huquqi beriladi.
  • Axborot texnologiyalari  sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek dasturiy  mahsulotlar  va axborot texnologiyalari texnologik park rezidentining  ta’sischi (ishtirokchi) rezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyatini beradigan ko‘pmartalik  «IT-visa» beriladi. 

Xorijiy investitsiya bilan faoliyat yurituvchit korxonalar uchun ikkita shakl ko‘zda tutilgan: mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)  va chet el investitsiyasi bilan ishlaydigan  korxona (xorijiy  MChJ).

MChJ bilan xorijiy MChJning farqi:

Ko‘rsatkich MChJ Xorijiy MChJ
Ustav fondi miqdori 400 mln so‘mgacha 400 mln so‘mdan
Xorijiy investorning ulushi miqdori Cheksiz15% dan kam emas
Xorijiy investorga imtiyoz va yengilliklar mavjudligi yo‘q bor
Ro‘yxatga olishda davlat boji 1 BHM 10 BHM

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar