Ishsiz ayollarni qo‘llab-quvvatlash

Prezidentning  2023 yil 21 dekabrdagi  PQ-401-sonli qaroriga binoan  ishsiz ayollarni  qo‘llab-quvvatlash qadamlari belgilab berilgan

2024 yilning 1 fevralidan:

  • kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi;
  • xotin-qizlarni kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.

Bunda, ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobaridan oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.       

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagilar yuklangan:

  • ikki oy muddatda ”xotin-qizlar.uz” platformasi negizida ”Band bo‘lmagan xotin-qizlar” modulini yaratish hamda vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga ushbu modulni integratsiya qilish;
  • uch oy muddatda «O‘zbekcharmsanoat», «O‘zto‘qimachiliksanoat», «O‘zbekipaksanoat» va «Parrandasanoat» uyushmalari bilan birgalikda ularning tarkibidagi korxona va tashkilotlar uchun zarur ishchilarning korxonalar kesimida aniq ehtiyojini ishlab chiqish.
  • 2024 yil 1 martga qadar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi» bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ochiq tanlovlarda ishtirokchilarni shaffoflik va xolislik tamoyillariga asosan baholashni «onlayn» rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi elektron dasturiy ta’minot ishlab chiqish hamda 2025 yildan boshlab har yili ushbu tanlovni o‘tkazib borishni ta’minlash.

Ishsiz xotin-qizlar zamonaviy milliy liboslarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bino va inshootning dastlabki uch oylik ijara to‘lovi 2024 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar