Hunarmandchilik

Hunarmandchilik faoliyati “Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga  (VMning 29.07.2009 yildagi № 216 qarori) asosan tartibga solinadi.

Tushunchalar

  • hunarmandchilik faoliyati (hunarmandchilik) — yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyati;
  • hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizasiya vositalaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy texnologiyalar asosida buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs;
  • hunarmandchilik faoliyati (hunarmandchilik) — yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyati;
  • hunarmandning shogirdi — 15 yoshdan oshgan, hunarmanddan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni o‘rganayotgan jismoniy shaxs.

Hunarmandlik faoliyatini amalga oshirishning xususiyatlari

Hunarmandchilik faoliyati sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.

Hunarmandchilik faoliyati hunarmand tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Hunarmand hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun ko‘pi bilan 5 nafar shogirdni jalb etishga haqlidir. Shogird ish vaqti   talablariga amal qilgan holda  bir necha hunarmandlarda buyumlar yoki tovarlarni tayyorlash (ishlar, xizmatlarni bajarish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.

Hunarmandchilik faoliyatida qatnashayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun bir haftada 36 soatlik, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa – bir haftada 24 soatlik ish vaqtidan oshmasligi lozim.

 “Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katologi”ga kirgan hunarmandlar uchun shogirdlar soni  chegaralanmaydi.

Hunarmand va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ahdlashuv, ixtiyoriylik, mehnatga majbur qilishga yo‘l qo‘ymaslik va ijtimoiy adolat, ish muomalasi odatlariga, shuningdek mahalliy odatlarga va an’analarga rioya qilish asosida quriladi.

Hunarmandning shogirdlariga ish haqi to‘lash miqdori hunarmand tomonidan o‘zaro kelishuv bo‘yicha, ularning buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishdagi mehnat ulushidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Hunarmandning shogirdi tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini nazorat qilish hunarmand tomonidan amalga oshiriladi.

Hunarmand o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda mulkiy javobgar bo‘ladi.

Hunarmandlar quyidagi huquqlarga ega:

  • ijtimoiy sug‘urta qilinish va ish davrlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat stajiga hisoblash;
  • amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq bo‘lgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, shuningdek ularni mustaqil ravishda yoki qonunchilikda belgilangan tartibda boshqacha tarzda sotish;
  • amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan daromadni barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etish;
  • ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar)ga mustaqil ravishda narx belgilash;
  • ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda identifikasiyalash;
  • qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

Soliq imtiyozlari

Hunarmandchilik sub’ektlari — «Hunarmand» uyushmasining a’zolari:

  • hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan ozod etiladi;
  • yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etiladi;
  • qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50 foizini to‘laydi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar