Aylanma solig‘i foydalimi yoki qat’iy belgilangan miqdordagi soliq?

2023 yilning  1 yanvaridan  aylanma solig‘i to‘layotgan  soliq to‘lovchilarga tanlash huquqi taqdim etiladi: aylanma solig‘ida qolish  yoki qat’iy belgilangan miqdordagi soliqqa o‘tish.

Umumiy daromad 500 million so‘mdan oshmagan  holda qat’iy belgilanadigan soliq miqdori  yiliga  20 million so‘mni, umumiy daromad  500 million so‘mdan oshganda esa     (1 mlrd so‘mgacha) 30 mln so‘mni tashkil etadi

1-Hisob-kitob         Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq yiliga 20 mln so‘m

Yiliga to‘lanadigan 20 mln so‘mga teng aylanma solig‘i  yiliga olinadigan 500 mln so‘m tushumga mos keladi.

20 mln = 4%

X = 100%,

U holda  X = 20 mln x 100 / 4 = 500 mln

Bunda agar sizning aylanmangiz  500 mln so‘mgacha bo‘lganda qat’iy belgilangan miqdordagi soliq befoyda bo‘lib chiqadi:

•          Bu soliqdan hech qanday foyda yo‘q, balki yana oshig‘i bilan soliq to‘lagan bo‘lasiz

•          Soliq teng hissalarda  yil mobaynida  to‘lansa-chi, balki siz mavsumiylikka bog‘liqsiz

2 – Hisob-kitob     Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq yiliga 30 mln so‘m

    Yiliga to‘lanadigan  30 mln so‘m aylanma solig‘i – yiliga olinadigan 750 mln so‘m tushumga mos keladi.

30 mln = 4%

X = 100%,

U holda  X = 30 mln x 100 / 4 = 750 mln

Bunda agar sizning aylanmangiz  750  mln so‘mgacha bo‘lganda qat’iy belgilangan miqdordagi soliq befoyda bo‘lib chiqadi:

•          Bu soliqdan hech qanday foyda yo‘q, balki yana oshig‘i bilan soliq to‘lagan bo‘lasiz

•          Soliq teng hissalarda  yil mobaynida  to‘lansa-chi, balki sizning mavsumiylikka bog‘liqsiz

          Agar sizning aylanmangiz  751 mln so‘mdan  999 mln so‘mgacha  bo‘lsa, 30 mln qat’iy belgilangan soliq qiziqarliroq bo‘lib ko‘rinadi:

•          751 mln so‘mdan aylanma solig‘i x 4% = 30 040 000 sum

•          999 mln so‘mdan aylanma solig‘i  x 4% = 39 960 000 sum

Nimaga e’tibor qaratish kerak

•          Dividendlar

Soliq to‘lovchilarga aylanma solig‘idan  qat’iy belgilangan miqdorda to‘langan dividendlardan foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lanmaydi.

Ya’ni  aylanma hatto  500 mln so‘mdan kam bo‘lganda ham dividendlarning miqdoriga qarab   qat’iy belgilangan soliqqa o‘tish foydali bo‘lishi mumkin.

Masalan, 

Sizning kompaniyangizning aylanmasi  yiliga 450 mln so‘m, sof foyda 260 mln so‘m  bo‘lishi mumkin. Marjinallikning bunday darajasi xizmat  sohasiga  xos.

Aylanma solig‘i hisob-kitoblarida:

Aylanma solig‘i  = 18 mln so‘m (450 mln x 4%)

 Dividendlarga  soliq  = 12,5 mln so‘m (250 mln x 5%)

Umumiy soliq yuki = 30,5 mln so‘m

Qat’iy belgilangan miqdordagi  soliq  hisob-kitoblarida:

Qat’iy belgilangan miqdordagi  soliq   = 20 mln so‘m

Dividendlar solig‘i  = 0 so‘m

Umumiy soli yuki = 20 mln so‘m

•          Daromad solig‘i va QQS ga o‘tish

Agar siz qat’iy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashga  o‘tgan bo‘lsangiz, biroz vaqtdan keyin (aylanma 1 mlrd so‘mga yetganda yoki tovarlar import qilganda) ixtiyoriy tarzda  yoki so‘zsiz QQSga o‘tasangiz, bu holda qolgan tovarlarga ham QQS hisoblash huquqiga ega bo‘lmaysiz.

 Soliq to‘lovchilar, shu jumladan umumiy daromadi soliq to‘lash  muddatida 1 milliard so‘mdan  oshgan  yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar  va yangidan ro‘yxatdan  o‘tgan  yakka tartibdagi tadbirkorlar  umumiy daromadlari ko‘rsatilgan miqdorga  yetgan kundan boshlab QQS va daromad solig‘i to‘lay boshlaydilar. 

Qat’iy belgilangan miqdordagi soliqqa qanday o‘tiladi

Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq to‘lash uchun siz ro‘yxatdan o‘tgan soliq organiga keyingi oynig  boshlanishiga  10 kun qolganidan kechikmasdan   xabarnoma  jo‘natishingiz kerak. Bunday norma  2023 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishini nazarda tutgan holda birinchi bor  qat’iy belgilangan miqdorda  soliq to‘layotganlar o‘zlarining  xabarnomalarini soliq organlariga 2023 yilning   25 yanvaridan kechikmagan holda taqdim etishlari zarur.

Yangidan faoliyat boshlayotgan soliq to‘lovchilar  qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni  davlat ro‘yxatidan o‘tayotganlaridayoq tanlash huquqiga  ega.

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni to‘xtatish  keyingi  soliq to‘lash muddatining boshidan, ya’ni navbatdagi kalendar’ yildan amalga oshiriladi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar