Dividendlar – kompaniyaning mulkdorlari oladigan shu kompaniya foydasining bir qismidir. Bu holda mulkdorlar deganda kompaniyaning ta’sischilari, aksiyadorlari nazarda tutiladi.
Dividendlar har kvartalda, har yili va bir necha yilda bir marta taqsimlanadi. Taqsimlanish davri, buning ta’sischilar shartnomasida qanday tasdiqlanganligiga bog‘liq.
Odatda, dividendlar kompaniyaning o‘tgan, tugallangan yilda yoki o‘tib ketgan yillardagi foydasi bo‘lsa taqsimlanadi. Biroq, ba’zi hollarda boshqacha holatlar ham paydo bo‘ladi
Soliq kodeksining 41-moddasiga binoan
- daromadlar, basharti ular mulkdorlarning bunday daromadni to‘lovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda to‘lansa, dividendlar deb e’tirof etiladi, quyidagi daromadlar to‘lanadi:
yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha taqsimlash chog‘ida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad;
tugatish chog‘ida yuridik shaxsning mulkdoriga ushbu aksiyadorning shu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lgan qismi bo‘yicha pul yoki natura shaklidagi to‘lovlar;
jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning shu yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lash;
ushbu yuridik shaxsning o‘z kapitali (mol mulki) hisobiga ustav fondi oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining qo‘shimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari.
- O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof etiladi.
- xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘iga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan to‘lanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi.