Yakka tartibdagi tadbirkor

Agar siz ilk biznesingizni boshlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, u holdali yakka tartibdagi tadbirkorlik yoki ko‘pincha aytganlaridek – patent olish  ayni muddao.

Yakka tartibdagi tadbirkor (keyingi o‘rinlarda YaTT) – belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va yuridik shaxsga aylanmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan  jismoniy shaxsdir.  

XT afzalliklari

•          Oson ochish va oson yopish

•          Soliqlarni to‘lagandan keyin barcha pul mablag‘lari YaTTning o‘ziga qoladi, dividend uchun soliq to‘lamaydi.

•          Faoliyatning ko‘plab turlarini uyning o‘zida, xonadonni  “noturar joy”ga o‘tkazmasdan amalga oshirish mumkin.

•          Siz asosiy ish joyingizda yollanib ishlayotgan bo‘lsangiz ham YaTTni ochib, biznesni boshlab yuborishingiz mumkin. 

•          Mehnat staji hisobga olinadi.

Faoliyat turlari

•          YaTTga faoliyatning chegaralangan turlarini amalga oshirishga ruxsat etilgan

•          YaTT eksport va import amaliyotlarini  amalga oshirish huquqiga ega

YaTT jismoniy shaxs bilan ham, yuridik shaxs bilan  ham  ish olib borishi mumkin, yuridik shaxs bilan ishlaganda  YaTT elektron  schet faktura  chiqarib qo‘yishi zarur.

Soliq to‘lash

•          Yillik aylanmasi hajmiga  qarab YaTT turli xil soliqlar to‘lashi mumkin.  Buni aniqlab olish uchun  jadval tuzdik

•          YaTT o‘zi uchun  har oyda  1 bazaviy hisoblash miqdorida ijtimoiy  soliq to‘laydi 

•          YaTT jismoniy shaxs daromadlari uchun soliq va o‘z xodimlari uchun ijtimoiy soliq to‘laydi

Soliq turlari Aylanma  100 mlngachaAylanma 100 mlndan 1 mlrdgacha Aylanma  1 mlrddan yoki import
Jismoniy shaxslarning daromadlariga
qat’iy belgilangan tarzdagi  soliq
(qat’iy belgilangan soliq )
 hayo‘qyo‘q
Aylanma solig‘iyo‘q hayo‘q
Foyda  solig‘i            yo‘qyo‘qha
Qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS)yo‘qyo‘qha
Ijtimoiy soliq ha ha ha

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar