Tekshirish nima sabadan tayinlangan bo‘lishi mumkin

Soliq organlari tomonidan tekshirishlarga sabab bo‘ladigan xatti-harakat va voqealar turli bo‘lishi mumkin. Biz ularning birmuncha ko‘p uchraydiganlarini va aksariyatini osonlik bilan  chetlab o‘tish mumkin bo‘lganlarini misol qilib keltirmoqdamiz. 

Kameral tekshiruv

  • Soliq organi (keyingi o‘rinlarda soliq) taqdim etilgan hisobotlar bilan soliq organlariga    boshqa manbalaridan kelib tushgan  ma’lumotlar o‘rtasida xato va (yoki)  tafovutlar aniqlanganda
  • Tekshiruvdan oldingi tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan yuborilgan xabarnomaga javoban xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda soliq to‘lovchi tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoxud asoslantirishlar taqdim etilmaganda
  • QQS undirish
  • Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga kelib tushganda
  • Soliq to‘lovchi tomonidan oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirilgan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytirilgani aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda

Sayyor soliq tekshiruvi

  • Ko‘rsatkichlarning haddan tashqari yuqori  yoki salbiy dinamikasida.  Masalan, tushumning, rentabellikning juda keskin  tushib ketganida 
  • Nazorat xaridi
  • Onlayn nazorat kassa mashinalari  yoki virtual kassaning ilgari shakllangan cheklarini soliqqa taqdim etilgan fiksal ma’lumotlar  bilan solishtirganda kelib chiqadigan  tafovutlarda
  • Texnik  talablarga javob bermaydigan, shu jumladan dasturiy mahsulotida nosozlik bo‘lgan onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa faoliyati bo‘yicha  shubha/alomatlar paydo bo‘lganda
  • Soliq va valyuta qonunchiligining buzilganligi holatlari  to‘g‘risida, shu jumladan  tovar va xizmatlarga, yengil avtotransport vositalari orqali yo‘lovchilar tashish bo‘yicha  noqonuniy tadbirkorlik faoliyatida    narxlarning asoslanmagan holda oshirib yuborilishi hollari  sodir bo‘lganda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati kelib tushganda 
  • Soliq va valyuta qonunbuzarliklari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlar  e’lon qilinganda
  • O‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvlarini adolatli  amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar  olish zarurati  tug‘ilganda
  •  Soliq to‘lovchilarni qo‘shilgan  qiymat solig‘iga o‘tkazish jarayonida  soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i  bo‘yicha  maxsus hisobga olinadigan  uchetga  o‘tkazish jarayonida soliq nazoratining qo‘shimcha tadbirlarini o‘tkazish zarurati tug‘ilganda
  • Soliqning valyuta operatsiyalari o‘tkazilganligini asoslantirish monitoringini amalga oshirish jarayonida yuborilgan so‘roviga soliq to‘lovchi tomonidan ma’lumotning berilmaganligi  yoki to‘liq berilmaganligi
  • Soliq  va valyuta qonunbuzarliklari  to‘g‘risida sud, huquqni himoya qilish organlari,  shuningdek  davlatning boshqa organlari va tashkilotlaridan kelib tushadigan axborotlar

Soliq auditi

  • Soliq to‘lovchini ixtiyoriy tugatish
  • Soliqni o‘z vaqtida to‘lamaslik va soliq hisobotlarini topshirmaslik
  • Soliq imtiyozlaridan qonuniy foydalanmaslik
  • Ilgari taqdim etilgan soliq hisobotlariga bir necha bor (bir hisobot davri uchun uch va undan ortiq marta) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi
  • Soliq hisobotida bir necha soliq davridagi (ikki va undan ortiq) zararlar aks ettirilishi
  • Soliq davri davomida soliq to‘lovchining joylashgan joyi bir necha bor (ikki va undan ortiq marta) o‘zgartirilishi va keyinchalik qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi
  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha guvohnomasi bekor qilingan (ro‘yxatdan chiqarilib tashlangan), shuningdek, tugatilgan, faoliyatini amalga oshirmayotgan, bankrot deb topilgan shaxslar bilan amalga oshirilgan bitimlar (operatsiyalar)
  • Soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq hisobotidagi operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, ushbu operatsiyalar bo‘yicha boshqa soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotidagi ma’lumotlarga mos kelmasligi
  • Bir necha yil davomida bir aylanmasi milliard so‘mdan past miqdordagi soliq hisobotlarini taqdim etilishi
  • Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun lozim darajada xodimlar, ombor, transport va uskunalar bilan ta’minlanmaganligi
  • Ishlarni bajarish uchun soliq hisobotlarida zarur xarajatlarning aks etmasligi
  • Bitta ob’ektda, qurilish ishlarini olib boruvchi shaxslarning o‘zaro bog‘liqligi
  • qurilish ishlarini amalga oshiruvchi yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga yirik miqdordagi mablag‘ kelib tushishi
  • xom ashyo va materiallarni sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larning qurilish hajmiga nisbatan nomutanosibligi
  • Tugallangan qurilish ob’ektlarining tannarxiga yaqin narxlarda sotilishi
  • Markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlarida xarajatlarning to‘laqonli aks ettirilmaganligi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar