Ta’lim muassasalari uchun imtiyozlar va preferensiyalar

Muhim imtiyozlar xususiy bolalar bog‘chalari va maktablar uchun: nimalarni bilish kerak?

So‘nggi yillarda xususiy bolalar bog‘chalari va maktablar ko‘plab foydali imtiyozlar va preferensiyalarga ega bo‘ldi. Biroq, hamma ham ular haqida bilmaydi, demak, ularning to‘liq imkoniyatlaridan foydalanmaydi!

Biz barcha dolzarb imtiyozlar va preferensiyalarni bir joyga jamlab, normativ hujjatlarga havolalar qo‘shdik. Umid qilamizki, ushbu ma’lumot sizga maksimal qo‘llab-quvvatlashni olish va ta’lim biznesini yuritishni osonlashtirishda yordam beradi.

O‘qing, qo‘llang va imkoniyatlardan 100% foydalaning!

Soliq kodeksi (keyingi o‘rinlarda – SK) 483-modda:

  • Нодавлат мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотлари барча турдаги солиқларни (бундан ижтимоий солиқ мустасно) тўлашдан 2030 йил 1 январга қадар бўлган даврда озод қилинади.

Ушбу модданинг олтмиш тўртинчи қисмида назарда тутилган имтиёзлар натижасида бўшайдиган маблағлардан нодавлат мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотларини замонавий ўқув қўлланмалари билан жиҳозлаш, зарур товарлар ва асбоб-ускуналарни сотиб олиш, бинолар ва иншоотларни реконструкция қилиш ҳамда капитал таъмирлаш, шунингдек аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларига бепул таълим хизматларини кўрсатиш учун мақсадли тарзда фойдаланилади.

  • Ўзбекистон Республикасида ишлаб чиқарилмайдиган, белгиланган тартибда шакллантириладиган рўйхатлар бўйича нодавлат мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотларини жиҳозлаш ҳамда уларнинг фаолиятини таъминлаш учун Ўзбекистон Республикаси ҳудудига олиб кириладиган, замонавий ўқув ва лаборатория асбоб-ускуналари, компьютер техникаси, дастурий маҳсулотлар, ўқув ва илмий-услубий адабиётлар, анжомлар ва моддий-техника ресурслари қўшилган қиймат солиғидан 2030 йил 1 январга қадар бўлган даврда озод қилинади.
  • Нодавлат мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотларида меҳнат фаолиятини амалга оширувчи чет эл ўқитувчилари ва мутахассислари жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғини тўлашдан 2030 йил 1 январга қадар бўлган даврда озод қилинади.
  • Чет эл ўқитувчилари ва мутахассисларини ишга қабул қилган тадбиркорлик субъектлари чет эл ўқитувчилари ва мутахассислари бўлган ходимлар меҳнатига ҳақ тўлашга доир харажатлари бўйича ижтимоий солиқни тўлашдан 2030 йил 1 январга қадар бўлган даврда озод қилинади.

PQ №316 27.09.2023-y. asosida:

Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yaratish uchun imtiyozli kreditlar quyidagi differensial foiz stavkalari va shartlar asosida loyiha tashabbuskorlariga ajratiladi:

  • Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 12 foiz stavkada;
  • Nukus shahri, viloyat markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 8 foiz stavkada;
  • Tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5 foiz stavkada.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarori asosida:

Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib, Maktabgacha ta’lim vazirligining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.

Xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi.

Hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati NMTTBATda ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lsa, ushbu oy uchun xodimlarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lanmaydi (hududda favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa holatlar sababli davomat kamayishi bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi 322-sonli qarori asosida:

a) Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lsa, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda, ushbu bolalar uchun ota-onalar to‘lovi shu hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmdan oshmaydigan miqdorda belgilanadi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyachi va tarbiyachi yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi. Bunda, tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilar uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar haqiqatda band qilingan, lekin 4,5 tadan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlarida – 2,25 tadan) ko‘p bo‘lmagan shtat birligidan kelib chiqib to‘lanadi.

Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilar uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlangandan so‘ng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini boshlash uchun sog‘liqni saqlash organlari bilan majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish talabi bekor qilinadi.

b) Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalar miqdorini hisoblashda, maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydigan 3 yosh va undan katta (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta), lekin 7 yil 8 oydan oshmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi.

Ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil belgilagan holda, 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi. Biroq, 3 yoshga to‘lmagan bolalar uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilmaydi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2-3 yoshdagi farzandlari bundan mustasno).

v) Tabiiy gaz uchun kompensatsiya

Markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turidan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham kompensatsiya to‘lanadi (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno).

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar