O‘zini o‘zi band 2026

2026 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari RO‘YHATI:

  1. Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar.
  2. Oilaviy bolalar uyini tashkil etish va faoliyatini yuritish.
  3. Bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar.
  4. Uy xo‘jaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish.
  5. Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda ta’mirlash va o‘rnatish.
  6. Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj xizmatlari ko‘rsatish (elektr xavfsizligi bo‘yicha ruxsati bo‘lganda).
  7. Dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarning tomorqa yer uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari.
  8. Fermer xo‘jaliklari egalari, pilla yetishtirish va ipak qurti urug‘chiligi tashkilotlari buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlari (qishloq xo‘jaligi o‘simliklari, ipak qurtini va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ish, tut ko‘chatlarini ekish va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlari).
  9. Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari.
  10. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ib olishda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalariga yordam berish.
  11. Chorva mollarini o‘tlatish, ularni parvarish qilish, shu jumladan, urug‘lantirish, qo‘zilatish, qirqish va dag‘al xashak jamg‘arish ishlari.
  12. Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash xizmatlarini ko‘rsatish, litsenziyalangan dasturiy ta’minot o‘rnatish ishlari.
  13. Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani o‘rnatish va ta’mirlash.
  14. Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash.
  15. Mexanizatsiya vositalarini qo‘llamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari.
  16. Xalq tabobati (litsenziyasi bo‘lganda).
  17. Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini ko‘rsatish.
  18. Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno).
  19. Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish.
  20. Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish.
  21. Velosipedlarni ta’mirlash.
  22. Rassomlik.
  23. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash.
  24. Kalitlar tayyorlash.
  25. O‘lchov vositalarini tayyorlash va ijaraga berish.
  26. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash.
  27. Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash.
  28. Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish.
  29. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar).
  30. Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tushish.
  31. Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, motion-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flasher, 3D-dizayner, videomuharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkachilar, suxandon, fotomuharrir va boshqalar).
  32. Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy ta’minotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimallashtirish bo‘yicha mutaxassis).
  33. Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish.
  34. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menejer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).
  35. Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, HR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent).
  36. Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi).
  37. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno).
  38. Uy sharoitida honaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish.
  39. Hamshiralik ishi.
  40. Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati.
  41. Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati.
  42. Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati.
  43. Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash).
  44. Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash.
  45. Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish.
  46. Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish.
  47. Kulolchilik.
  48. Kibersport faoliyati.
  49. «O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi» tayinlangan sportchilar faoliyati.
  50. Teri xomashyosini yig‘ish va tayyorlash.
  51. Junni yig‘ish va tayyorlash.
  52. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish.
  53. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash.
  54. Atlas va adras to‘qish.
  55. Mayda munchoq (biser) tikish.
  56. Do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash.
  57. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash.
  58. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash.
  59. Quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchqlar tikish.
  60. Qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitida yetishtirish va sotish.
  61. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish.
  62. Qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash.
  63. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish.
  64. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish.
  65. Uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish.
  66. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash.
  67. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash.
  68. Milliy taqinchoqlar yasash.
  69. Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash.
  70. Dagal jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash.
  71. Artemiya tsistalarini yig‘ish va topshirish.
  72. Yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqlasi bo‘lganda).

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar