O‘zbekistonda biznesni rasmiy ro‘yxatga qo‘yish oson. Agar qo‘lingizda barcha hujjatlar tayyor bo‘lsa bu jarayon uzog‘i bilan ikki soatga cho‘zilishi mumkin.
O‘zbekistonda kim YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor)ni ochish huquqiga ega
O‘zbekiston Respublikasida YaTTni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxs ham, xorijiy jismoniy shaxs ham ochishi mumkin.
YaTTni bir necha usul bilan ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin:
- Davlat xizmatlari sayti orqali mustaqil “Onlayn” tarzda
- Davlat xizmatlari markazida
- Konsalting, buxgalterlik va yuridik kompaniyalar yordamida
YaTTni mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagilar zarur bo‘ladi:
- Faol ERI (elektorn raqamli imzo). Shuningdek, ERIning o‘zini “onlayn” tarzda e-imzo.uz saytidan olish mumkin.
- Internetga ulanish imkoniyati
- Plastik kartochkada davlat bojini to‘lash uchun pul mablag‘i.
Internetdagi birdarcha.uz saytida mualliflik huquqini olganingizdan keyin YaTTni mustaqil ravishda bir necha daqiqadayoq ro‘yxatdan o‘tkazsangiz bo‘ladi.
E’tibor bering, YaTTni ro‘yxatga qo‘yganda faqat bitta faoliyat turini tanlang. Agar siz faoliyatning bir necha turini tanlasangiz u holda JSHDSni qat’iy belgilangan miqdorda faoliyatning har bir turi bo‘yicha to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali ro‘yxatga qo‘yish uchun sizga quyidagilar zarur bo‘ladi:
- Faol ERI (elektorn raqamli imzo).
- Pasport
- Davlat bojini to‘lash uchun pul mablag‘lari
DXM xodimlari ham ro‘yxatga olish borasida xuddi shunday amaliyotlarni o‘tkazadilar.
YaTTni ro‘yxatga qo‘ygandantkeyin nimalar qilish kerak
YaTTni ro‘yxatga qo‘yish amaliyotini bajarganingizdan keyin siz, ko‘pincha patent degan nom bilan atashadigan XTni ro‘yxatdan o‘tkazganlik haqidagi guvohnomani qo‘lga olasiz.
YaTTda kichik biznes sifatida muhrga ega bo‘lish huquqini tanlash imkoni bor. Ya’ni muhrdan foydalanish yoki foydalanmaslik mumkin.
YaTT guvohnomasi bilan bankdan schet ochish huquqiga ega bo‘lasiz.
E’tibor bering, odatda YaTT jismoniy shaxsning propiskadan o‘tgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Biroq, XT savdo faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, albatta savdo nuqtasi joylashtiriladigan noturarjoy binosi bilan ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.