T/r | Faoliyat turining nomi |
I. | Chakana savdo: |
1. | Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno) |
2. | Ko‘chma savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni tamom bo‘lgandan keyin obyektni demontaj qilinishi va ko‘chirilishini talab etuvchi obyektlarda) |
3. | Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish |
4. | Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish |
5. | Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, o‘simlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno), bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik sharti bilan |
II. | Qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati. |
III. | Maishiy xizmatlar, II bo‘limda nazarda tutilganlaridan tashqari: |
6. | Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar |
7. | Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek, dazmollash xizmatlari |
8. | Gilam va gilam buyumlarini ta’mirlash va tozalash |
9. | Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik |
10. | Hayvonlar terilari, mo‘yna, to‘qimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va bo‘yash |
11. | Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash |
12. | Attorlik buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash |
13. | Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash |
14. | Kalitlar tayyorlash |
15. | Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va ta’mirlash |
16. | Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash |
17. | To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash |
18. | Yog‘ochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar (mebeldan tashqari) tayyorlash |
19. | Inventarni (xo‘jalik, sport, baliqchilik va hokazo) ta’mirlash va tayyorlash |
20. | Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash |
21. | Tayyor mebelni yig‘ish, ta’mirlash va drapirovka qilish |
22. | Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash |
23. | Yakka buyurtma bo‘yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini ta’mirlash |
24. | Optika, soatlarni ta’mirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda o‘ymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish) |
25. | Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta’mirlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish |
26. | Transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qo‘riqlash signalizatsiyalarini ta’mirlash va o‘rnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari) |
27. | Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari |
28. | Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish |
29. | Binolarga oyna o‘rnatish xizmatlari |
30. | Jamoat hojatxonalari xizmatlari |
31. | Hammom va sauna xizmatlari |
32. | Turar joylarni yig‘ishtirish xizmatlari |
33. | Hovlilar va bog‘larga qarash xizmatlari, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlari |
34. | Bog‘lar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish |
35. | Video va fotosuratga olish xizmatlari |
36. | Xo‘jalik mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xo‘jalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar va boshqalarni) ijaraga berish |
37. | Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish |
IV | Faoliyatning boshqa turlari: |
38. | Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish |
39. | Milliy non va patir tayyorlash va sotish |
40. | Popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron va go‘ja tayyorlash va quyib sotish |
41. | Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish |
42. | O‘lchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish |
43. | Aholi uchun turar va noturar joylarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar |
44. | Repetitorlik xizmatlari |
45. | Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari |
46. | Bolalarning o‘yinchoq avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlar |
47. | Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish |
48. | Dizayn bo‘yicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik san’ati |
49. | Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter o‘yinlarini tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish bilan bog‘liq xizmatlar |
50. | Tashrif qog‘ozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish |
51. | Muqovalash ishlari |
52. | Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish |
53. | Sug‘urta agentlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar |
54. | Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish |
55. | Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (to‘y, yubiley, tug‘ilgan kun va hokazolar) |
56. | Ko‘ylak va kostyumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish |
57. | Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari) |
58. | Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari |
59. | To‘garaklar tashkil etish va yuritish |
60. | Davlat-xususiy sheriklikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati |
61. | Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar) |
62. | Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari |
63. | Mol so‘yish xizmatlari |
64. | Uy hayvonlariga qarash xizmatlari |
65. | Veterinariya faoliyati |
66. | Yuklarni avtomobil transportida tashish |
67. | Yo‘lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish |
68. | O‘simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xomashyoni yetishtirish, yig‘ishtirish, tayyorlash va sotish |
69. | Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay san’ati) |
70. | Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish |
71. | Shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari) |
72. | Rieltorlik faoliyati |
73. | Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish |
74. | Tashkilotlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha xizmatlar |
75. | Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish |
76. | Matritsali printerlar va alfavit-raqam bosma qurilmalar uchun bo‘yovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash |
77. | Qog‘ozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash |
78. | Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari ko‘rsatish (abonentlar yoki xizmatlar ko‘rsatuvchilarga ma’lumot-axborot xizmati ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish) |
79. | Paxta (ilgari iste’molda bo‘lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari |
80. | Turistik faoliyat — turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gid�ar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari |
81. | Duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari bo‘yicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish) |
82. | Metallni ta’mirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash) |
83. | Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar) |
84. | Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasm�ar solish) |
85. | Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish |
86. | Turistlarga uy-joyni qisqa muddatga ijaraga berish (30 kungacha) |
87. | Davlat xizmatlari ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etish |
88. | Ko‘p kvartirali uyni boshqarish (malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega bo‘lganlar) |
89. | Kadastr muhandislari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar |
Agar yakka tadbirkor faoliyatning asosiy turiga nisbatan yordamchi hisoblangan faoliyatni amalga oshirsa, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning bir turi uchun to‘lanadi.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan faoliyat turlari yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu ro‘yxat doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.