Jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovlarining  minimal stavkalari 

Jismoniy shaxslarga mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarini soliqqa toritish   shartnomada belgilangan  ijara to‘lovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin jismoniy shaxslar  uchun ijara to‘lovlarining  minimal stavkalarida belgilanidan kam bo‘lmagan miqdorda    hisoblanadi.

Ya’ni  siz xohlagan miqdordagi  pulga  shartnoma  qilishingiz mumkin, ammo  agar ijara  narxi ijara to‘lovlarining  minimal stavkalaridan past bo‘lsa,  siz jismoniy shaxslarga mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlar solig‘ini ijara to‘lovlarining  minimal stavkalari miqdorida to‘laysiz. 

Masalan,

siz yuridik shaxsga  50 kv. m. noturar joy binosini ijaraga bermoqdasiz, ijara shartnomasi narxi oyiga 1 500 000 so‘mni tashkil qiladi. 

Toshkent uchun minimal stavka 1 kv.m  uchun 35 000 so‘mni tashkil etadi, ya’ni 50 kv. m. ga soliqni hisoblash uchun ijaraning minimal stavkasi 1 750 000 so‘m bo‘lishi kerak.

Bu holda, ijara solig‘i  oyiga (1 750 000 x 12%)  – 210 000  so‘m bo‘lishi kerak.

Ижарага бериладиган мол-мулк туриБелгиланган ставка миқдорини тавсифловчи кўрсаткичОйлик ижара тўлови ставкаларининг энг кам миқдорлари, сўмда
Тошкент шаҳриНукус шаҳри ва вилоят маркази бўлган шаҳарларбошқа аҳоли пунктлари
1Бинолар:умумий майдоннинг 1 кв.метри учун




турар жой
17 00010 5004 500
нотурар жой35 00020 5008 300
2Автомобиль транспорти:1 та автотранспорт воситаси учун
енгил автомобиль (йўловчилар, багаж ташишга мўлжалланган ҳамда ҳайдовчи ўрнини ҳисобламаганда, ўриндиқлари сони 8 тадан кўп бўлмаган автотранспорт воситаси)695 000695 000695 000
микроавтобуслар, автобуслар ва юк автомобиллари1 375 0001 375 0001 375 000

E’tibor bering:

  • Jismoniy shaxslar daromadlari uchun soliq stavkasi 12%
  • Ijara shartnomasini  qanday qilib to‘g‘ri hisobga qo‘yish mumkinligi  bilan  bu yerda tanishasiz.
  • Jismoniy shaxs bilan  shartnoma  tuzilganda  soliqni siz to‘lashingiz va ma’lumotni  o‘zingiz yetkazib berishingiz kerak, yuridik shaxs bilan shartnoma imzolanganda – pulni ushlab qolish va soliqni byudjetga to‘lash yuridik shaxs zimmasiga o‘tadi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar