Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 maydagi 188-sonli qaroriga asosan iste’molchilar tovar va xizmatlarning sifatini «Soliq hamkor» tizimi orqali yana ham ko‘proq nazorat qiladilar.
2023 yil 1 iyundan boshlab quyidagi masalalar bo‘yicha murojaatlar «Soliq hamkor» axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi:
1. | Adliya vazirligi | Tovar ishlab chiqaruvchining tovari nomi, ( shunga aynan o‘xshash) tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalangan holda tovar ishlash yoki tovar chiqarish; Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarning buzilishi; Ixtiro, foydali model’, sanoat namunasi huquqlarining buzilishi |
2. | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi | oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, tayyorlanadigan, saqlanadigan va tarqatiladigan joylarda qurt-qumursqalar va kemiruvchilarning mavjudligi; oziq-ovqat mahsulotlarini bunday maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan joyda tayyorlash, saqlash va tarqatish; achigan, buzilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish; oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan va tarqatiladigan joylardagi haddan tashqari qoniqarsiz sanitariya holati; |
3. | Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi | savdo ob’ekti tomonidan sotuvga qo‘yilgan tovarga narxnoma qo‘yilmaganligi; sotuvga qo‘yilgan tovarning narxi kassa chekidagi narxdan farq qilishi; yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish; dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxdan yuqori ustama qo‘ygan holda sotish; ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati markirovkalanmagan holda realizasiya qilish hamda sotish |
4. | Ichki ishlar vazirligi | sifatsiz va kontrafakt dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni sotish; qalbakilashtirilgan, sertifikatlanmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan dori-darmon vositalari va tibbiy mahsulotlarni sotish; resept bilan beriladigan dori-darmon vositalari va tibbiy mahsulotlarni reseptsiz sotish; |
5. | Soliq qo‘mitasi | alkogol va tamaki mahsulotlarini soxta aksiz marka bilan yoki aksiz markasiz sotish; alkagol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash kodsiz stish; alkagol va tamaki mahsulotlarini ruxsat etilmagan holda sotish; sifatsiz spirt va alkagol mahsulotlarini sotish; |
6. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | iste’molga yaroqsiz bo‘lgan go‘sht va go‘sht tmahsulotlarini, shuningdek sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish; go‘sht va go‘sht mahsulotlarini, shuningdek sut va sut mahsulotlarini veterinariya ekspertizasi o‘tkazmasdan sotish; go‘sht va go‘sht mahsulotlarini, shuningdek sut va sut mahsulotlarini maxsus tayyorlanmagan joyda sotish; go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ixtisoslashtirilmagan transport vositalarida tashish. |
Soliq hamkor» axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi;
murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha murojaat yo‘llagan shaxs xabardor qilinadi, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;
tasdig‘ini topgan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi.