12/31/2023 yangilangan
T/r | Litsenziyaning nomi | Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari | Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar |
1 | Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya | Maktabgacha ta’lim xizmatlari (bundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xizmatlari mustasno); umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim xizmatlari; professional ta’lim xizmatlari; oliy ta’lim xizmatlari; oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlari; avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
2 | Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya | Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat. | O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi |
3 | Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya | Yakkaxon ijrochi konserti (bitta ijrochining yakkaxon konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish; restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (FHDYdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish — “nikoh to‘yi” marosimi, “kelin salom” marosimi), “sunnat to‘yi” marosimiga xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonand, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar). | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi |
4 | Advokatlik faoliyati uchun litsenziya | Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirishga doir advokatlik faoliyati; ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirishga doir advokatlik faoliyati. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari |
5 | Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya | Xususiy notarial faoliyat. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari |
6 | Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya | Ichki turizm faoliyati (O‘zbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish); chiqish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmini) amalga oshirish); kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish). | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalari |
7 | Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya | Kripto-birja faoliyati; mayning-pul faoliyati; kripto-depozitariy faoliyati; kripto-do’kon faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi |
8 | Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya | Sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati; sug‘urta brokerlarining faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi |
9 | Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya | Rektifikatlangan iste’mol etil spirtini, shu jumladan uzum, rezavor meva, shuningdek vino spirtini, uzum va rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosini ishlab chiqarish; texnik etil spirtini, efiroaldegidli fraksiyani (etil spirtining bosh fraksiyasini) ishlab chiqarish; uzum, vino, konyak, viski, rom, rezavor meva va kalvados distillyatini ishlab chiqarish; aroq, shu jumladan uzum va meva arog‘ini, shuningdek likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish; konyak, konyak ichimligini, brendi, viski, rom, kalvadosni ishlab chiqarish; uzum va rezavor meva vinosini, ko‘piklanadigan va gazli vinoni ishlab chiqarish; o‘tkirligi 7,0 foizdan 22 foizgacha bo‘lgan vino ichimliklarini ishlab chiqarish; uzum va rezavor mevadan tayyorlangan vino materiallarini ishlab chiqarish. | O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
10 | Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya | Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi. | O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
11 | Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya | Tamaki mahsulotlarini (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalarni) sanoat asosida ishlab chiqarish. | O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
12 | Affinaj faoliyati uchun litsenziya | Ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilardagi qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shuningdek mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlaridan foydalangan holda o‘z ishlab chiqarish chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish; foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litseziyaga ega bo‘lganlar uchun — tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan mineral xom-ashyoni qazib olish, qayta ishlash, tashish, shixtovkalash, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan konsentratlarni, gravitatsiya konsentratlarini, cho‘kindi oltinni, Dore qotishmasini, katod metallarni, rux cho‘kmalarini, boyitilgan smolani olish; tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni, parcha va chiqindilarni to‘plash, tashish, qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, ularni saralash, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish; yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarning parcha va chiqindilarini, ikkilamchi resurslarni, ishlab chiqarish-texnik yo‘nalishdagi va tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan boshqa buyumlarni sotib olish; oltin izlovchilarga xizmatlar ko‘rsatish, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni to‘plash uchun sotib olingan qimmatbaho metallarning but saqlanishini ta’minlashga doir talablarga muvofiq jihozlangan sayyor qabul qilish-tayyorlov punktlarini tashkil etish; respublika hududida qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish punktlarini ochish; qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etish. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi |
13 | Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya | Bank faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
14 | O’zR 20.04.2022 y. O’RQ-765-son Qonuniga muvofiq 14-pozitsiya chiqarib tashlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyati uchun litsenziya | Mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha faoliyat | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
15 | Kredit byurolari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya | Kredit byurolari faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
16 | Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya | Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish; yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish; yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish; yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish; yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari |
17 | Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun litsenziya | Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish; | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi |
18 | Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati uchun litsenziya | mahalliy yo‘nalishda temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashish; xalqaro yo‘nalishda temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashish; mahalliy yo‘nalishda temir yo‘l transportida yuklar tashish; xalqaro yo‘nalishda temir yo‘l transportida yuklar tashish. | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi |
19 | Bojxona omborini ta’sis etish uchun litsenziya | Bojxona omborini ta’sis etish va uning faoliyat yuritishi. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi |
20 | Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” ta’sis etish uchun litsenziya | Bojxona rejimida omborxona — “erkin omborxona” ta’sis etish va uning faoliyat yuritishi. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi |
21 | Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyati uchun litsenziya | Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi |
22 | Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | Pirotexnika buyumlarini yaratish; pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish; pirotexnika buyumlarini tashish; pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish; pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish; pirotexnika buyumlarini saqlash; pirotexnika buyumlarini realizatsiya qilish; texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan foydalanish (xavflilikning III — V klasslari). | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
23 | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish); giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hamda realizatsiya qilish (berish); giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash hamda taqsimlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish; yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish hamda saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda hamda veterinariyada foydalanish va ularni saqlash; tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish hamda saqlash. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
24 | Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati uchun litsenziya | Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olib kirish (olib chiqish); tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida qayta ishlash; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida saqlash; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida realizatsiya qilish (berish); tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida olish; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida tashish. | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
25 | Tibbiy faoliyat uchun litsenziya | Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari bo‘yicha. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
26 | Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya | Dori vositalarini ishlab chiqarish; dori vositalarini tayyorlash; dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish; dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno). | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari |
27 | Veterinariya faoliyati uchun litsenziya | Veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlari; veterinariya preparatlarini, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash; veterinariya preparatlarini, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini realizatsiya qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
28 | Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya | Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash ishlarini bajarish; balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida qurilish-montaj ishlarini bajarish. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi |
29 | Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya | Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish; ko‘priklar va tonnellarni qurish; ko‘priklar va tonnellarni ta’mirlash. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi |
30 | Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya | Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish; xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni qurish; xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardan va potensial xavfli ishlab chiqarishlardan foydalanish. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi |
31 | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini shlab chiqish faoliyati uchun litsenziya | O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish; qurilish obyektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarini (muhandislik-geodeziya qidiruvlaridan tashqari) bajarish; uy-joy-xo‘jalik qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; sanoat qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; suv xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; qishloq xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; energetika qurilishi va aloqa obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; transport va yo‘l qurilishi obyektlari hamda komplekslarini loyihalashtirish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish; umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlar; “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” bo‘limini loyihalashtirish; “Metall obyektlar konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish; “Temir-beton obyektlari konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish; maxsus obyektlar va inshootlarni loyihalashtirish; qurilish obyektlarini kapital va joriy ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari; binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish; binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish; binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari hamda tizimlarini loyihalashtirish; kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi |
32 | Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya | Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish; mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish; mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish; mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish; xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish; xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish; ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish; ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini qurish; ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish; ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish; ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish; ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish; ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini qurish; ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish; ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish; teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish; teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini qurish; teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish; teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish. | O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
33 | Birja faoliyati uchun litsenziya | Fond birjasi faoliyati va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati; valyuta birjasi faoliyati; tovar-xomashyo birjasi faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi |
34 | Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya | Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
35 | Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish; portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqarish; portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini tashish; portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini saqlash; portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini realizatsiya qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
36 | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini barpo etish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat ko‘rsatish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini yaratish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari; ionlashtiruvchi nurlanish manbalari uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalanish vositalarini tayyorlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlab chiqarish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hosil qilish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qayta ishlash; ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini saqlash; ionlashtiruvchi nurlanish manbalariga xizmat ko‘rsatish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini tashish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini utilizatsiya qilish; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ko‘mish. | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
37 | Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya | Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat. | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
38 | Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya | Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish; qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqarish; qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ta’mirlash; qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani realizatsiya qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi |
39 | Bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya | Bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash); bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini qayta ishlash. | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi |
40 | Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish; fuqaroviy va xizmat qurolini ta’mirlash; fuqaroviy v� xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
41 | Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya | Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlanmalar, kosmik texnikaning sinov, tajriba va tijorat namunalarini tayyorlash hamda sinovdan o‘tkazish; oxirgi iste’molchilarga kosmik xizmatlar ko‘rsatish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi |
42 | Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | Axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish; axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqarish; axborotning kriptografik himoya vositalarini realizatsiya qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati |
43 | To‘lov tizimlari operatorining faoliyati uchun litsenziya | To‘lov tizimlari operatorining faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
44 | To‘lov tashkilotlarining faoliyati uchun litsenziya | To‘lov tashkilotlarining faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
45 | Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati uchun litsenziya | Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
46 | Bukmekerlik faoliyati uchun litsenziya | Bukmekerlik faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
47 | Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya | Investitsiya vositachisining faoliyati; investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
48 | Neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya | Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish; neft, gaz va gaz kondensatini qayta ishlash; neft, gaz va gaz kondensatini realizatsiya qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
49 | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya | Magistral gaz quvurlarini loyihalashtirish; neft quvurlarini loyihalashtirish; neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish; magistral gaz quvurlarini qurish; neft quvurlarini qurish; neft mahsulotlari quvurlarini qurish; magistral gaz quvurlaridan foydalanish; neft quvurlaridan foydalanish; neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish; magistral gaz quvurlarini ta’mirlash; neft quvurlarini ta’mirlash; neft mahsulotlari quvurlarini ta’mirlash. | O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
50 | Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya | Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji savdosi Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning chakana savdosi | O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |