2024 yilda soliqlar va o‘zini o‘zi band etgan shaxslar hujjatlarining aylanishi 

Prezidentning 2023 yil 29 dekabrdagi PQ-422 sonli qaroriga asosan o‘zlarini band qilgan shaxslarni soliqqa tortishda o‘zgarishlar  amalga oshirildi. Bu holda hujjatlar aylanishida qanday o‘zgarishlar yuz berdi.

Soliqqa tortish

Ilgari o‘zini o‘zi band etgan shaxslarning barcha daromadlari to‘liq jismoniy shaxslar daromadlariga to‘lnadigan soliqlardan ozod qilingan edi.

2024 yildan 100 mln so‘mgacha bo‘lgan daromadlar ham imtiyozlar doirasida  qolmoqda, har yili olingan 100 million so‘mdan ortiq daromadlar xususiy tadbirkorlar  uchun belgilangan  tarzdagi  soliqqa tortilmoqda. 

Demak, 2024 yildan o‘zlarini band etgan  shaxslar  quyidagicha soliq to‘laydilar:

Soliq turi Yillik aylanma  100 mln so‘mgacha Yillik aylanma 100 milliondan 1 mlrd gacha Yillik aylanma 1  mlrd so‘mdan boshlab
 JShDS Imtiyoz Yo‘qYo‘q
Aylanmadan soliq Yo‘q Ha Ha 
Daromad solig‘iYo‘q Yo‘q Ha
QQS Yo‘q Yo‘q Ha
Ijtimoiy soliq Yiliga 1 martaYiliga 1 martaYiliga 1 marta

Yillik aylanma qanday  hisoblanadi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 806-sonli qaroriga binoan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs  mavjud qonunchilikka binoan  bank plastik kartochkalari orqali qilinadigan hisob-kitoblarda  nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallaridan  foydalanadi.

Yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblarda schet-fakturaga asoslaniladi.

Soliqlar qanday hisoblanadi

Pul aylanmasi  100 million so‘mdan  yuqori bo‘lgan  o‘zini o‘zi band etganlar shaxslarga xususiy tadbirkor sifatida soliq solish  ko‘zda tutilgani uchun, sizga soliq solish tartibi haqidagi ushbu maqolada bilan tanishishni tavsiya etaman. 

Soliq hisoboti

Yillika aylanmasi 100 mln bo‘lgan o‘zini o‘zi band etgan shaxs uchun soliq hisobotini taqdim etish zarurati  yo‘q.

Yillik aylanma 100 million so‘mdan  1 milliard so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band etgan shaxs stavka bo‘yicha  soliq to‘lashda aylanmadan to‘langan soliq bo‘yicha hisobot taqdim etishi kerak. Agar o‘zini o‘zi band etgan shaxs soliqni qat’iy  hisoblangan  tarzda to‘lashni  tanlagan bo‘lsa hisobot taqdim etishi zarur emas.

Aylanmadan stavka bo‘yicha soliq to‘lash to‘g‘risida hisobot berish uchun siz ERI yordamida  my.soliq.uz saytiga kirishingiz kerak. Ushbu saytga xususiy tadbirkor sifatida kirasiz.

Dastlab “Hisobot shakli”ga kirasiz va keyin “Aylanmadan soliq to‘lash”ni tanlaysiz.

E’tibor bering, hisobotni  to‘ldirayotganda sizga tegishli qariyb barcha axborot chiqib keladi, siz u holda quyidagilarni diqqat bilan tekshirishingiz kerak bo‘ladi:

  • “Onlayn” nazorat kassa mashinalaridagi tushum to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
  • Elektron schet-fakturalardagi ma’lumotlar
  • Market pleyslar bilan sotuvlar  haqidagi ma’lumotlar

Aylanmadan to‘langan soliqlar bo‘yicha hisobotni keyingi oyning 15-sanasigacha topshirish kerak, soliqlarni  hisobotni topshirgungacha to‘lash zarur. 

Agar  yillik aylanmangiz 1 mlrd so‘mdan oshadigan bo‘lsa siz daromad solig‘i va  qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisiga  aylanasiz.

Bunday holatda  biz hisobotni o‘zingizcha topshirmasligingizni, buxgalterlik kompaniyalarga  murojaat etishingizni  tavsiya etamiz. Chunki, bu ikki soliqning hisob-kitoblarini  amalga oshirish rostakam buxgalteriya hisob-kitoblarini olib borishni taqozo etadi, buni hisoblab chiqish birmuncha qiyin kechadi.

Soliqni to‘lash

Soliqni hammasidan ham shaxsiy kabinetingizdan my.soliq.uz sayti orqali  to‘lash oson kechadi, chunki u yerda soliq to‘lash uchun barcha zarur rekvizitlar ko‘rsatib qo‘yilgan. 

Siz faqat soliqning turini va pul miqdorini  tanlashingiz zarur bo‘ladi.

Hujjatlar aylanishi

Shartnomalar tuzish

“O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi” nizom (Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 806-sonli qarori)ga binoan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bilan ishlar (xizmatlar) buyurtmachisi o‘rtasidagi ish muomalasi odatlariga asoslangan o‘zaro munosabatlarda og‘zaki shaklda bitim (shartnoma) tuzishga yo‘l qo‘yiladi.

Shartnoma shartlariga asoslangan o‘zaro munosabatlarda yozma shaklda shartnoma tuzish talab etiladi.

Prezidentning 2020  yil 8 iyundagi PQ-4742 sonli  qaroriga asosan internet tarmog‘i  orqali xizmatlar (frilansing) ko‘rsatayotgan o‘zini o‘zi band qilgan  shaxslarga  quyidagi huquqlar beriladi:

  • ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar – norezidentlardan xorijiy valyutadagi to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi hisob raqamlariga qabul qilish;
  • kontrakt tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob fakturalarni (invoys), shu jumladan elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish).

Schet-fakturani taqdim etish

2020 yilda  Soliq qo‘mitasiga yuridik shaxslar bilan ishlashda zarur bo‘ladigan schet-fakturani  taqdim etish imkoni bo‘lishi uchun mobil ilova ishlab chiqish yuklatilgan edi.

2024 yildan schet-fakturani elkektoron hujjatlar aylanishi servisi (EHAS) orqali taqdim etish  imkoniyati paydo bo‘ldi.

Schet-fakturani taqdim etish uchun o‘zini band qilgan shaxs:

  • EHAS saytiga ERI yordamida kirish va tizimda ro‘yxatdan o‘tish 
  • Xizmatlar  turlarini kiritish va mahsulot va faoliyat turi bo‘yicha xizmatlarning identifikatsiya kodi (MXIK)ni tanlash
  • Schet-faktura va bajarilgan ishlar aktini to‘ldirish

E’tibor bering, mijozlar tomonidan taqdim etilgan  schet-fakturadagi ma’lumotlar  avtomatik tarzda soliq hisobotiga tushadi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar