Valyuta va eksport-import operatsiyalari uchun jarimalar

BuzilishSanktsiyalarNormativ hujjat
Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o’tkazishvalyuta boyliklari musodara qilinib, o’n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o’ziga nisbatan ma’muriy qamoq qo’llanilishi mumkin bo’lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi170- modda MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSI
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini O’zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini ko’zlamay turib vaqtida yoxud to’liq o’tkazilmaslikmansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi171- modda MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSI
Valyuta tushumining bir qismini qonunchilikda belgilab qo’yilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan bo’yin tovlashmansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi171- modda MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSI
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish           mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan o’n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi171- modda MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSI
Naf keltirmasligi ayon bo’lgan bitimni tuzish, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo’lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni o’rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan bo’lsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab bo’lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berishbazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi171-1- modda MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSI

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar