O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (Buyuk Britaniya 2018-yil 27-iyuldagi 5490-son) asosida tekshirishlar, nazorat qiluvchi organlar va muddatlari belgilandi.
T/r | Tekshiruvlar (nazorat funktsiyalari) | Nazorat qiluvchi organ | Tekshiruv muddati |
1. | Ishonchli axborotlar mavjud bo’lganida tegishli ruxsatnomasiz yoki qalbaki aktsiz markali yoxud aktsiz markasiz alkogol’ va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqish va sotish holatlarini tekshirish. | O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Alkogol’ va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi | 1 kun |
2. | Qalbakilashtirilgan, muvofiqlik sertifikati mavjud bo’lmagan va davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan mahsulotlar sotilishining oldini olish maqsadida faqatgina shunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha ishonchli axborotlar mavjud bo’lganda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va ulgurji realizatsiya qilishni nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi | 1 kun |
2-1. | Qalbakilashtirilgan, muvofiqlik sertifikati mavjud bo’lmagan va davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan mahsulotlar, retsept bilan beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning retseptsiz sotilishining oldini olish maqsadida faqatgina shunday mahsulotlarni chakana realizatsiya qilish bo’yicha ishonchli axborotlar mavjud bo’lganda, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi | 1 kun |
2-2. | Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishini, ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda ularga berilgan litsenziya talablariga rioya etilishini bir yilda ko’pi bilan bir marotaba nazorat qilish (2 va 2-1-pozitsiyalarda belgilangan nazorat tadbirlari bundan mustasno). | O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi | 5 kun |
3. | Atmosfera havosi, tuproq, oqava va yer usti suvlarining ifloslanish manbalarini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan ob’ektlarda chiqindilarni joylashtirish ob’ektlarini monitoring qilish. | O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi | 1 kun |
4. | Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini o’rganish maqsadida barcha qurilish ob’ektlarida, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joy qurish ob’ektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlar o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspektsiyasi, tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari | 1 kun |
4-1. | Yo’l qurilishi, yo’l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo’l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi | 3 kundan oshmagan holda |
5. | O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha tekshiruvlar. | O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi | 30 kundan oshmagan holda |
6. | Sanoat, radiatsiyaviy va yadro xavfsizlik talablariga rioya qilish holati ustidan, shuningdek vakolatli organ bilan kelishilgan ob’ektlarda uglevodorod xom ashyoli yer qa’ridan foydalanish va muhofazasini nazorat qilish. | «Sanoatgeokontexnazorat» DI | 10 kundan oshmagan holda |
7. | «O’zbekenergo» AJ ob’ektlarida hamda 35 kV va undan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarida ishlarni olib borishda xavfsizlikni nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi Elektr energetika sohasida nazorat qilish davlat inspektsiyasi | 5 kundan oshmagan holda |
8. | Tabiiy, texnogen, terrorchilik-qo’poruvchilik tusidagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va ulardan himoya qilish masalalari bo’yicha, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan ob’ektlarda fuqaro muhofazasi talablariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish. | O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
9. | Barcha tashkilotlarda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadli foydalanishni tekshirish. Bunda ko’rsatilgan tekshiruvlar O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruqlariga muvofiq amalga oshiriladi. | O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi | 10 kundan oshmagan holda |
10. | O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha: uch oyda ko’pi bilan bir marotaba – umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda iste’molchilarni vodoprovod suvi bilan ta’minlaydigan, oqova suvlarni chiqarib tashlaydigan; olti oyda ko’pi bilan bir marotaba – qonun hujjatlariga ko’ra xodimlari tibbiy ko’rikdan o’tishi lozim bo’lgan savdo va aholiga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko’rsatuvchi; bir yilda ko’pi bilan bir marotaba – aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati | 10 kundan oshmagan holda |
10-1. | Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko’pi bilan bir marotaba (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo’lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) tekshiruvlar o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi | 5 kundan oshmagan holda |
11. | Davlat zaxiralari joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarida nazorat funktsiyalarini amalga oshirish. | O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo’mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
12. | O’simlik va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda o’simliklar karantini bo’yicha tadbirlar o’tkazilishi ustidan nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi O’simliklar karantini va himoyasi agentligi | 1 kun |
13. | Tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar tomonidan yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi bo’yicha majburiyatlarga muvofiq, ular tomonidan qishloq xo’jaligi ekinlarini (g’o’za, don va boshqalar) ekish bo’yicha o’rnatilgan talablarga rioya etilishini nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi | 5 kundan oshmagan holda |
14. | Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan belgilanmagan joylarda amalga oshirilayotgan, shuningdek kelib chiqishini isbotlovchi tegishli hujjatsiz go’sht va sut mahsulotlari savdosi ustidan nazorat. | O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi | 1 kun |
15. | O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil bilan kelishilgan ro’yxatga muvofiq, avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish bilan bog’liq faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarida texnologik jarayon talablari, sanoat va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan bir yilda bir martadan ko’p bo’lmagan nazorat tadbirlari. | Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft’ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birga | 1 kun |
16. | Daryolar o’zanlarini tozalash va qirg’oqlarini mustahkamlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish ustidan nazorat o’tkazishda tizimli tekshirishlar. | O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog’-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspektsiyasi | 5 kundan oshmagan holda |
O’zR Prezidentining 24.05.2023 y. PF-77-son Farmoniga muvofiq 17-pozitsiya o’z kuchini yo’qotgan | |||
17. | Elektr, gaz-transport, gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, hisobga olish uskunalarini qasddan buzish, shuningdek hisobga olish uskunalariga tashqaridan ularning ko’rsatkichlarini o’zgartirish maqsadida aralashish dalillarini tekshirish. (O’zR Prezidentining 17.07.2021 y. PF-6263-son Farmoni tahriridagi ustun) (Oldingi tahririga qarang) | O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspektsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft’ mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi (O’zR Prezidentining 17.07.2021 y. PF-6263-son Farmoni tahriridagi ustun) (Oldingi tahririga qarang) | 1 kun |
17-1. | Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari ko’rsatkichlarini o’zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini, shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya korxonalari tomonidan suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida xizmat ko’rsatish qoidalariga amal qilinishi holatlarini tekshirish. | O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi | 1 kun |
17-2. | Asosli ma’lumotlar bo’lganda ko’p kvartirali uylardagi joylarning o’zboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan ko’p kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish bo’yicha choralar ko’rilganligi ustidan nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi huzuridagi Ko’p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspektsiyasi | 1 kundan oshmagan holda |
18. | O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir tekshirishlar. | O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi | 30 kundan oshmagan holda |
O’zR Prezidentining 21.07.2023 y. PF-110-son Farmoniga muvofiq 19-pozitsiya chiqarib tashlangan | |||
19. | Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo’lgan narxlarni asossiz va sun’iy ravishda oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korruptsiya holatlarini aniqlash bo’yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | 1 kun |
20. | O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat qilish. | O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki | 30 kundan oshmagan holda |
21. | Quyidagi holatlar aniqlanganda va ularni bartaraf etishda tezkor nazorat tadbirlarini o’tkazish: yonuvchi moddalar va qurilish materiallarini bir joyga to’plash yoki ochiq olovda yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha talablarga rioya etmaslik; dalalar va aholi punktlarida maxsus texnik vositalarni qo’llamasdan bitumni eritish, ang’izni, to’kilgan barglarni va daraxt shoxlari yoki boshqa o’simlik qoldiqlarini yoqish; oqava suvlarni joy rel’efiga yoki ochiq havzalarga, shuningdek, kommunal kanalizatsiya tizimiga normadan ortiqcha yoki ruxsatsiz oqizish; tabiiy suv ob’ektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnomasiz suv olish; daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, yovvoyi holda o’suvchi o’simliklarni yig’ish va tayyorlash yoki yo’q qilish, yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan baliqni) ovlash yoki qo’lga kiritish; chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik; daryolar, soylar, kichik daryo va ko’llarning o’zanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirg’oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik. | O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi | 1 kun |
22. | Sayyor soliq tekshiruvlarini o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
22-1. | Soliq auditini o’tkazish* | O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi | O’zbekiston Respubli- kasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmagan holda |
23. | Quyidagilarni nazorat qilish: yuk va yo’lovchi tashishni tashkil etuvchi xo’jaliklarda texnik vositalarning ishchi holatida tutish, ekspluatatsiya qilish va ta’minlash; idoraviy temir yo’llariga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida lokomotivlar, vagonlar, aloqa vositalari va signalizatsiya, elektr ta’minotining ishchi holatida tutilishini ta’minlash. | «O’zdavtemiryo’lnazorat» davlat inspektsiyasi | 10 kundan oshmagan holda |
O’zR Prezidentining 14.06.2023 y. PF-94-son Farmoniga muvofiq 24-pozitsiya chiqarib tashlangan | |||
24. | Parvozlar xavfsizligi masalalari bo’yicha o’tkazilayotgan tekshiruvlar. | «Davavianazorat» davlat inspektsiyasi | 1 kun |
25. | Yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan o’tkazilayotgan tekshiruvlar | O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi | 30 kundan oshmagan holda |
26. | Etil spirti, alkogol’ va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni hamda alkogolli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi ulgurji korxonalarni quyidagi maqsadlarda tekshirish; o’lchov jihozlari, plombalar va boshqa monitoring vositalarning butligi; etil spirti va alkogol’ mahsulotlari qoldiqlari; litsenziya olishda taqdim etilmagan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol’ mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha qo’shimcha quvvatlar mavjud emasligi; uzum va mevadan tayyorlangan vino mahsulotlari sifatining amaldagi texnik talablarga mosligi. | Alkogol’ va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi | 3 kundan oshmagan holda |
27. | Yuridik shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o’rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom-ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarining geologik-marksheyderlik ta’minoti sohasida qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi ustidan tekshiruvlar. | O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi | 10 kundan oshmagan holda |
28. | Er qa’ri foydalanuvchilari tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish (chiqarish)ning haqiqiy hajmlarining marksheyderlik o’lchov xulosalariga muvofiqligi ustidan yiliga ikki martadan ko’p bo’lmagan monitoring o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasiO’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda | 5 kundan oshmagan holda |
29. | Er qa’ri boyliklari va texnogen mineral hosilalardan o’zboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish uchun ruxsat hujjatlarini olmay turib, o’zboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha nazorat tadbirlarini o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi | 1 kun |
30. | O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha tekshiruvlar. | O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi | 10 kundan oshmagan holda |
31. | Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi masalalari bo’yicha tekshiruvlar. | O’zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi | 1 kun |
32. | Yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan: bir yilda bir martadan batafsil va nazorat tekshiruvini o’tkazish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tezkor tekshiruvlar o’tkazish. | O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
33. | O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Davlat nazorati departamenti vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha tekshiruvlar. | O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | 10 kundan oshmagan holda |
34. | O’zbekiston Respublikasining «Xususiy bandlik agentliklari to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. | O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
35. | Pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. | O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki nazorat qoidalarini tasdiqlovchi davlat organlari va nazorat yuklatilgan organlar | 30 kundan oshmagan holda |
36. | Nodavlat o’rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarida, ishonchli axborotlar mavjud bo’lganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yo’nalishlarda ta’lim berish holatlarini, litsenziya va tasdiqnomada faoliyat manzili sifatida ko’rsatilmagan manzilda faoliyat yuritish (ofis, o’qitish manzili) holatlarini tekshirish. | O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
36-1. | Nodavlat maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarida, ishonchli axborotlar mavjud bo’lganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yo’nalishlarda ta’lim berish holatlarini tekshirish. | O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |
36-2. | Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish ta’lim tashkilotlarida hamda avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o’tkazish bo’yicha imtihon markazlarida, ishonchli axborotlar mavjud bo’lganda, tegishli litsenziya va tasdiqnomasiz, shuningdek litsenziya va tasdiqnomada nazarda tutilmagan yo’nalishlarda va faoliyat manzillarida ta’lim berish, shuningdek imtihon olish holatlarini tekshirish. | O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi | 10 kundan oshmagan holda |