Prezidentning 2022 yil 13 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–374-sonli qaroriga muvofiq tekshiruvlar o‘tkazish tartibi yangilandi. Mazkur tartib nafaqat soliq, balki har qanday tekshiruvlar o‘tkazishni tartibga soladi.
Tekshiruvlar o‘tkazish tartibi
2022 yil 1 noyabrdan boshlab tadbirkorlar faoliyatini barcha tekshirishlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Bu holda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi;
tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimiga kiritiladi.
- «Xavfni tahlil etish» tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.
Nazorat organlari tadbirkorlik sub’ektining ilgari tekshirilgan faoliyati davridagi predmeti va ob’ekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik sub’ekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas;
Nazorat organlari sub’ektlari uchun profilaktika tadbirlarini tadbirkorlik sub’ektlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, tarqatma material va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, tavsiya va xabarlar yuborish shakllarida amalga oshiradi;
- Tadbirkorlar huquqi
- tadbirkorlik sub’ektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega:
- tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmaganda;
- tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;
- tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmaganida;
- ular Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida;
2023 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.