Ta’lim olish uchun imtiyoz bo‘yicha JShDS qanday qaytariladi

Jismoiy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha ta’lim imtiyozlarini olishga kimlarning haqi bor?

  • Soliq to‘lovchining O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlariga (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari summasi JSHDSga tortilmaydi. Mazkur imtiyozni soliq to‘lovchining tijorat banklari tomonidan professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun ajratilgan kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

E’tibor bering, imtiyoz butun oylik maoshga emas, faqat ta’limga yo‘naltirgan pul miqdoriga nisbatan qo‘llaniladi.

  • Farzandlarini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatgan ta’limga oid xizmatlar uchun oylik maoshlaridan har bola uchun oyiga 3 mln so‘mgacha yo‘naltirgan jismoiy shaxslarga imtiyoz beriladi.

Imtiyozni qanday olish mumkin

Imtiyoz olish uchun jismoniy shaxs ish beruvchiga uch tamonlama shartnoma taqdim etadi. Ish beruvchi shartnoma bo‘yicha xodim uchun kelgusida ish haqidan ushlab qolish sharti bilan to‘lab boradi.

Ortiqcha to‘langan JShDS qanday qaytariladi

Agar jismoniy shaxs ta’lim va maktabgacha ta’lim uchun o‘z xohishi bilan to‘lagan bo‘lsa u holda JShDS bo‘yicha to‘lovni olishi mumkin.

Ortiqcha to‘langan JShDSni olish uchun quyidagi yo‘nalishlarning biriga ariza berish kerak bo‘ladi:

  • Davlat xizmatlari markaziga
  • Elektron soliq xizmatlari portaliga
  • O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(YaIDXP)ga

Mazkur xizmat bepul ko‘rsatiladi

Ariza kelib tushgan paytdan keyin Soliq qo‘mitasi uni o‘n kun davomida ko‘rib chiqadi va javob xati tayyorlab, uni tashrif buyurgan holda etilgan murojaat bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga, elektron tarzda kelib tushgan murojaat bo‘yicha shaxsiy kabineti yoki YAIDXP orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar