Tadbirkorlar huquqlarini buzganlik uchun jarimalar

O‘ylaymanki, har bir tadbirkorning qonuniy manfaatlari buzilgan holatlari bo‘lgan. Men bunday xatti-harakatlar uchun jarimalar haqida kichik tanlov qildim.

Tadbirkorlar, qonuniy huquqlaringizni himoya qiling!

Buzilish turiJarimalarNormativ hujjat
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo’li bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo’lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qo’yish yoxud uni o’z mol-mulkiga bo’lgan huquqidan voz kechishga majburlash, oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirdabazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-1-modda MA’MURIY JAVOBGARLIK TO’G’RISIDAGI KODEKSI
Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o’tkazishmansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-2-modda
Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to’xtatib turishmansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-3-modda
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag’lari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog’liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etishbazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-4-modda
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan, litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etishmansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-5-modda
Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferentsiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilishmansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-6-modda
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o’zga to’lovlarni to’lash uchun pul mablag’lari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirishbazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-7-modda
Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’ektlarining hisobvaraqlarida pul mablag’lari mavjudligi to’g’risidagi axborotni talab qilib olishmansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-8-modda
Tadbirkorlik sub’ektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o’tkazish yoki olib qo’yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag’larini o’z vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo’lmagan taqdirdabazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-9-modda
Tadbirkorlik sub’ektlaridan qonunchiligida nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek o’zga hujjatlarni, shu jumladan, bank hisobvarag’ini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, xuddi shuningdek qonunchiligida nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olishmansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi241-10-modda

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar