O‘zingizni STIR (INN) va JShShIR (PINFL) ingizni qanday bilishingiz mumkin

STIR va JShShIR nima?

STIR — bu soliq to‘lovchining  identifikasion raqami.

JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy  identifikasion raqami.

JShShIR – barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlar  ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.  U 14 raqamdan iborat bo‘lib, insonga tug‘ilganda  yoki pasport olayotganda beriladi va umri oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi.  U pasportda ko‘rsatiladi va jins indeksini, tug‘ilgan vaqtni, shahar kodini, fuqaroning tartib  raqamini aks ettiradi, shuningdek unga nazorat raqam ham kiradi.  

O‘zingizni  STIR va JShShIR ingizni qanday bilishingiz mumkin

STIR va JShShIR ni  onlayn olish uchun  soliq xizmatining my.soliq.uz saytiga, uning   «informasion xizmatlar» bo‘limiga kirib   «o‘z STIR yoki  JShShIR ingizni biling» xizmatini tanlaysiz.

Pasport m’lumotlarini va tug‘ilgan vaqtni to‘ldirasiz.

Ma’lumotlarni to‘liq kiritsangiz  siz shaxsiy STIR i JShShIR ingizni olishingiz mumkin.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar