JShShIR olish
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR) barcha davlat, bank va ijtimoiy xizmatlari ko‘rsatishda fuqaroning shaxsiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston fuqarolari biometrik pasport yoki ID karta olganda o‘z-o‘zidan JShShIRga ega bo‘ladilar.
Xorijiy fuqaro uchun ham davlat xizmati ko‘rsatilganda JShShIR shaxsni tasdiqlovchi yagona indifikator hisoblanadi.
Xorijiy fuqarolar Davlat xizmatlari markazi yoki Ichki ishlarning vaqtincha ro‘yxatga qo‘yilgan yoki doimiy yashaydigan joyi bo‘yicha migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish organlariga kelib JShShIR olishlari mumkin.
Davlat xizmatlari markazida JShShIR olish.
Talab etiladigan hujjatlar:
- Pasport;
- Oq fonda, elektron shaklda rasm;
- Ishonchnoma (agar JShShIR vakil orqali olinayotgan bo‘lsa).
JShShIRni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish organlari orqali olish.
Talab etiladigan hujjatlar:
- Pasport;
- Xorijiy fuqaroni ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risida guvohnoma.
ERI olish
ERI — bu elektron raqamli imzo. ERI ko‘pgina davlat xizmatlariga ruxsat olish, elektron hujjatlarni imzolash uchun zarur.
ERI ikki yil muddatga beriladi, uni ikki usulda olish mumkin:
- Davlat xizmatlari markazida – oflayn usulida. Bu holda JShShIR, pasport va fleshka bo‘lishi kerak. E’tibor bering, buning uchun propiska qilingan adresdan qat’iy nazar harqanday Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish mumkin. ERI juda qisqa muddatda, 1 – 2 soat davomida beriladi.
- ERI e-imzo.uz saytida onlayn tarzda beriladi. Saytda ERIni olish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma mavjud. E’tibor bering, bu joyda ERIni olish muddati 1 – 2 kunga cho‘zilishi mumkin.