Prezidentning 2022 yil 27 iyundagi PQ-294 qarori asosida ommaviy axborot vositalari uchun imtiyozlar berildi.
2022 yil 1 iyuldan boshlab 2025 yil 1 iyulga qadar:
- ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi, reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno;
- O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qog‘oz bojxona bojidan ozod etiladi;
- 2023 yildan boshlab tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa muassasalarga 110 nusxa davriy bosma nashrlar va 67 nusxa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusxalarini yuborish amaliyoti bekor qilinadi.
- 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab bolalar uchun mo‘ljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish bo‘yicha har yili eng yaxshi 30 ta loyiha uchun har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda bo‘lgan tanlov e’lon qilinadi. Bu boradagi xarajatlar Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligiga qo‘shimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.