O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-366, 30.08. 2022) asosida qonunchiligimizga o‘zgartirishlar kiritilgan.
• 2022 yil 1 noyabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yana 10 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.
• 2023 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq yiliga 50 foizidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytiriladi. E’tibor bering, bu imtiyoz savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslarga qo‘llanilmaydi.
• 2023 yil 1 yanvardan boshlab faoliyatning ba’zi turlari bilan shug‘illanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi.
Faoliyat turlari
№ Yo‘nalishlarning nomlari
1 Chorvachilik (qoramollar, qo‘ylar, otlar va boshqalar)
2 Issiqxona xo‘jaliklari
3 Parrandachilik (bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar)
4 Quyonchilik
5 Arichilik
6 Baliqchilik
7 Bog‘dorchilik
8 Limonchilik
9 Gulchilik
2023 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel’ terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan, yuridik shaxslar uchun ham bajarishga. Qurilish-pudrat tashkilotlariga umumqurilish ishlarini bajarish uchun shartnomaviy asosda yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb etishga ruxsat etiladi.