Kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan subsidiyalar

2025-yil 14-fevraldagi 64-sonli PQ asosida yangi subsidiyalar joriy etilmoqda, aholining ehtiyojmand qatlamlarini tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida beriladigan avval e’lon qilingan subsidiyalar ro‘yxati yangilandi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi moliyaviy yordam turlari joriy etilmoqda:

a) Ozodlikdan mahrum etish jazosi­ni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar;

b) O‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar.
Bunda tadbirkorlik subyekti kamida 10 nafar kasanachini ishga qabul qilishi hamda ajratiladigan ssudaning jami miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi talab etiladi;

v) Kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;

g) Kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar;

d) Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘z tajribasini 10 tagacha kambag‘al oilalarga o‘rgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kambag‘al oila uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdordagi grantlar.
Bunda tadbirkorlik subyektlariga grantning 40 foizi avans shaklida, qolgan qismi biriktirilgan kambag‘al oilalar daromad manbaiga ega bo‘lib, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganidan keyin ajratiladi.

Kambag‘allikni qisqartirish Davlat maqsadli jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq.

T/rSubsidiyalarning maqsadi       Yordam turi      Miqdori           
          Kambag‘allikni qisqartirish Davlat maqsadli jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar             
1.Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush kiritish uchunSubsidiyaBazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha
2.Aholiga – yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchunSubsidiyaBazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha
3.Sug‘orish vositalarini xarid qilish uchunSubsidiyaBazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha
4.Urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchunSubsidiyaBazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha
5.Tadbirkorlik subyektlariga – har bir kasanachining dastlabki uch oy davomida kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida to‘lov to‘lash uchunSubsidiyaBir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida
6.«Usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga – shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchunSubsidiyaBazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha
7.Ustalarga – o‘zlarining internet saytlarini yaratish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini qoplash uchunSubsidiyaBazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 30 baravarigacha
8.Ishsizlarga – olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun 4o  SubsidiyaBazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha
         II. Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar           
9.Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni ish o‘rinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchunSubsidiyaHar bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
10.Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilish uchunSubsidiyaHar bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida bir martalik
11.Ish o‘rinlari va sharoitlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchunSubsidiyaHar bir moslashtirilgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha
12.Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchunSubsidiyaHar bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar