Hisobotlarni bekor qilish va hujjatlarni saqlash muddatlarini qisqartirish

Prezidentning 10.11.2022 y. PQ-419-sonli  «Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan ba’zi hujjatlar yo‘q qilingan va birqancha  hujjatlarning  saqlash muddati  qisqartirilgan. 

Bekor qilish va qisqartirish:

yuridik shaxslar tomonidan 2022 yil 1 yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyati bekor qilindi

yuridik shaxslar 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini, shuningdek, soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyatidan ozod etildi

2023 yil 1 yanvardan boshlab buxgalteriya hisobi sub’ektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi;

2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik sub’ektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etildi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab nodavlat arxivlarni davlat va nodavlat arxivlari reestriga kiritish hamda hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat arxivlarning ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun lisenziya olish talabi xabardor qilish tartibini joriy etish orqali bekor qilinadi.

2023 yil 1 maydan boshlab quyidagilarga ruxsat etiladi:

tijorat banklariga ariza beruvchini masofadan turib identifikasiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga;

yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv ta’minoti, oqova suv va telekommunikasiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni, ularning iste’moli to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishga.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar