Qanday kafolatlar berasiz/javobgarlik kimning zimmasida?

Biz mas’uliyatni kimning zimmasiga yuklashni shartnoma tuzayotganda muhokama etamiz:
Soliq va moliya hisobotlarini tuzishda buxgalteriya hisob-kitoblarida boshlang‘ich hujjatlarning o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri aks etishi bo‘yicha javobgarlikni “Yaran Consulting” kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi.
Taqdim etilgan axborot va hujjatlarning to‘g‘riligi, yangilanganligi va to‘liqligi borasidagi javobgarlikni mijoz o‘z zimmasiga oladi.

Shu kabi savollar

To‘lovlar qanday o‘tadi va bank elektron kaliti kimga beriladi?

Kompaniya moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzgan xodimga bank elektron kaliti beriladi.Mijozning topshirig‘iga binoan xodim to‘lov varaqasini tayyorlaydi va elektron kalit […]

Batafsil malumot

Mening topshiriqlarim qanday muddat ichida bajariladi?

Topshiriqning murakkabligiga, shuningdek idoradagi ish miqyosiga qarab topshiriqlar 1 soatdan – 2 ish kunigacha bo‘lgan muddatda bajarilishi mumkin.

Batafsil malumot

Buxgalter bilan muloqot qilish uchun qaysi kanallar ko‘zda tutiladi?

Buxgalter bilan muloqot qilish uchun mijoz telegramdagi guruhdan, telefon qo‘ng‘iroqlaridan, ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalardan foydalanishi mumkin.

Batafsil malumot

Men bilan faqat bitta buxgalter ish olib boradimi yoki har safar yangisi bilan ishlaymizmi?

Siz bilan doimiy ish olib borish uchun bitta buxgalter birkitiladi. Biroq ba’zi hollarda (kasallanish, oilaviy sharoitlar tufayli) xodim almashtirilishi mumkin.

Batafsil malumot

Sizning idorangizga men doim qatnashim kerak bo‘ladimi?

Idoramizga kelish doimiyligi to‘laligicha mijozning o‘z xohishiga bog‘liq. Agar zarur bo‘lsa kuniga 5 marta kelishi, biroq yiliga 1 marta kelishi […]

Batafsil malumot