Buxgalterlik kompaniyasi xizmatlari: qimmatmi yoki arzon?

Buxgalteriya – bu ayni uning kattayu kichikligidan, faoliyati turidan, daromad darajasidan qat’iy nazar har bir kompaniya uchun zarur bo‘ladigan xizmatlar. 

Bizning davrimizda yaxshi mutaxassislar xizmati arzonga tushmaydi va buxgalterlik autsorsingiga o‘tish firma xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. 

Keling, misol uchun yaqinda ochilgan, aylanmasi kichik, 2 – 3 xodimi va yillik 20 amaliyoti bo‘lgan, soliq to‘lash yo‘nalishi – aylanmadan soliq olinadigan kompaniyani hisob-kitob qilib ko‘raylik.

Xarajat turlariBuxgalterlik kompaniyasiTajribasi yo‘q buxgalter
Buxgalterlik xizmatlari4 000 0002 000 000
Maoshdan olinadigan soliqlar: daromad va ijtimoiy0480 000  
Ish joyini tashkil etish: mebel’, tashkiliy texnika08-10 mln
Ixtisoslashtirilgan dasturlarni sotib olish: 1С, Norma05-7 mln
Yillik o‘qitish, malakasini oshirish uchun to‘lovlar01 500 000
Kasallik varaqalari, ta’til, nafaqa va kompensasiya to‘lovlari01 500 000

Ushbu javdvaldan ko‘rinib turibdiki, buxgalterlik kompaniyasi buxalteri xizmati xodim sifatida ishga olingan buxgalter xizmatidan anchagina arzonga tushadi.

Ammo biz faqat moliyaviy xarajatlarni ko‘rib chiqdik, lekin buxgalter bilan ishlashda yana ham muhimroq bo‘lgan quyidagi jihatlar bor:

  • Malaka darajasi. Yuqoridagi misolda biz 2 mln so‘mga ishlashi mumkin bo‘lgan tajribasi yo‘q buxgalterni keltirdik. Kamida 3 yillik tajribasi bor buxgalter esa ishga 5 mln so‘mga kelishi mumkin. Ayni paytda, buxgalterlik kompaniyasi singari shtatda nafaqat professional buxgalterlar, balki ishlarni undan keyin tekshiradigan, mijozlarga maslahatlar beradigan auditorlar ham bo‘ladi.
  • Mas’uliyatlarning taqsimlanishi. Autsorsing kompaniyasi siz bilan birgalikda nazorat etuvchi organlar tomonidan tekshiruvdan o‘tadi va buxgalteriya hisob-kitoblaridagi xatoliklar uchun o‘z pullari bilan javob beradi. 

Ko‘pincha, buxgalteriyani yuritishning hech qanday qiyinchilik joyi yo‘q, bu ishni har bir odam qilsa bo‘ladi, hatto hisob-kitobni boshlovchi olib borganida ham anchagina mablag‘ni tejab qolsa bo‘ladi, degan gaplar quloqqa chalinadi. Ammo bir kun kelib, bunday tejamkorlik xatoliklar bilan taqdim etilgan hisobotlar natijasida bir necha millionlar shtrafni yetaklab kelishi mumkin yoki qudratli buyurtmachi buxgalteriyasiga berilgan bir necha millionlik shartnoma hujjatlaridan topilgan xatolik tufayli kompaniya faoliyati uch oy muddatga to‘xtatib qo‘yiladi.    

Shu kabi, boshlovchi buxgalter xatosini tiklash uchun ketadigan xarajatlarnm ham esdan chiqarmaslik kerak.

Buxgalterlik kompaniyasi va shtatdagi buxgalter o‘rtasidagi tanlovni yaxshi va yomon jihatlar, xarajat va tejamkorlik nuqtai nazaridan hal eting. Harqlay, nima bo‘lganda ham professionallar bilan ishlang!

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar