Buxgalterlik autsorsingiga o‘tishning arzir-arzimasligi, xizmat provayderini qanday to‘g‘ri tanlash haqida biz ilgari ham yozgan edik.
Harqalay, siz autsorsga o‘tishga qaror qilgan bo‘lsangiz, unga o‘tgunga qadar bir necha masalalarni puxta o‘ylab ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi.
O‘tishning qanchalik foydali ekanligini hisoblab chiqish
Buxgalterlik xizmatiga o‘tish qanchaga tushishini hisoblab ko‘rishni tavsiya etamiz: Buxgalterlik xizmatini yuritishga ketayotgan: oylik maoshlar, maoshlardan chegirmalar va ish joyini jihozlash xarajatlarini hisoblab chiqish;
Xizmat provayderlari qoplaydigan moliyaviy tavakkalchilik miqdorini: soliq bo‘yicha hisobotni o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun jarimalar va peniyalarni hisoblab ko‘rish.
Qo‘shimcha xizmatlar
Kompaniya rahbari yoki koordinatori jarayonni boshlashdan ilgari buxgalterlikdan tashqari yana qanday qo‘shimcha xizmatlar talab etilishi zarurligini o‘ylab ko‘rishi, shuningdek buxgalterlik xizmati deganda aynan nimalarni tasavvur etishini oydinlashtirib olishi zarur.
Ko‘pincha, mijoz bilan autsorser o‘rtasida bir masala borasida tushunmovchilik kelib chiqadi. Ya’ni, masalan kompaniya – buxgalterlik xizmatlari paketiga huquqiy xizmatlar ham kiradi, deb o‘ylaydi, autsorser esa bunday xizmatni amalga oshirmaydi yoki bu singari xizmatni alohida to‘lov evaziga qilishi mumkin. Natijada tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikka darz ketadi.
Autsorsingga o‘tishga qadar sizga beriladigan maslahatlarni hisobga olgan holda, qo‘lga kiritilishi kutilayotgan xizmatlarning to‘liq ro‘yxatini tuzib chiqishingizni tavsiya etamiz.
Loyiha koordinatori
O‘tish jarayonini boshlashdan ilgari autsorserlar bilan muloqot olib boradigan xodimni aniqlab olish zarur.
Kompaniya autsorserlar oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yishini, bundan qanday natijalar kutish mumkinligini, ishning qay bir tizimi maqbul ekanligini, o‘tish muddatlarini koordinator yaxshi bilishi kerak.
Ushbu ma’lumotlarning barchasini koordinator provayderga yetkazadi va uning bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma qanchalik batafsil va mukammal bo‘lsa, har bir tomon o‘zini shunchalik xotirjam his etishi mumkin bo‘ladi.
Inventarizasiya o‘tkazish va hujjatlar ro‘yxatini tuzish
Hujjatlarni autsorserlarga berishdan ilgari ularni to‘liq ro‘yxatini tuzishni tavsiya etamiz.
Bu – hujjatlarni hisobga olish va saqlashning mavjud tizimini baholash, qanday hujjatlarning qo‘llarida borligi va qaysilarini to‘plash kerakligini aniqlash, shuningdek qandaydir hujjatlar kerak bo‘lib qolganda, uni kim yo‘qotgani to‘g‘risidagi bahslarning oldini olish imkonini beradi.
O‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish
Har qanday o‘zgarishlar tashvishlarsiz amalga oshmaydi. Xodimlar har doim ilgari qanday bo‘lganiyu, hozir qanday ekanligini solishtira boshlaydilar.
Muhimi, talvasaga tushmaslik!
Agar hisob-kitoblar yangi tizimining sizga noqulayligi, talablarning maqsadga muvofiq emasligi sezilsa, bu holni provayder bilan muhokama qilish mumkin.
Autsorserlar buxgalterlik hisob-kitoblarni yuksak saviyada olib borish standartlariga ixtisoslashadilar. Bu esa pirovardida sizning kompaniyangizning buxgalterlik hisoboti holatida ijobiy aks etadi va har qanday tekshirishlardan oson va qiyinchiliklarsiz o‘tish imkonini beradi.