2025 yil uchun ijara to‘lovining minimal stavkalari

Soliq solish maqsadlarida har yili jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ijaraga berilgan mulk uchun minimal ijara to‘lovi stavkalari belgilanadi.

Ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxslar ushbu stavkalardan pastroq narxda ijaraga berishi mumkin, ammo soliq hisob-kitobi minimal ijara to‘lovlari summasi asosida amalga oshiriladi.

Istisno holatlar – yaqin qarindoshlar o‘rtasida ko‘chmas mulkni tekin foydalanish shartnomalari bo‘yicha.

T/rIjaraga beriladigan mol-mulk turiBelgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkichOylik ijara to‘lovi stavkalarining eng kam miqdorlari, so‘mda
Toshkent shahriNukus shahri va viloyat markazi bo‘lgan shaharlarboshqa aholi punktlari
1.Binolar:
turar joyumumiy maydonning 1 kv. metri uchun28 00013 5005 500
noturar joy45 00026 50011 000
2.Avtomobil transporti:
yengil avtomobillar (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositalari)1 ta avtotransport vositasi uchun858 000
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari1 705 000

Misollar:

Jismoniy shaxs Toshkentda 100 kv.m turar joyni oyiga 1 mln so‘mga ijaraga beradi.

Bunda 1 kv.m ijara narxi 10 000 so‘mni tashkil etadi (1 mln so‘m / 100 kv.m).
Bu holda jismoniy shaxs jismoniy shaxslar daromad solig‘ini 12% miqdorida 2,8 mln so‘m summasidan hisoblaydi (28 000 so‘m x 100 kv.m).


Yuridik shaxs Toshkentda 100 kv.m noturar joyni 19 mln so‘mga, QQS 12% bilan ijaraga beradi.

Bunda 1 kv.m ijara narxi 169 642 so‘mni tashkil etadi (QQSsiz 19 mln / 100 kv.m).
Bu holda yuridik shaxs soliq bazasiga 16 964 200 so‘mni qo‘shadi (169 642 so‘m x 100 kv.m).

E’tibor bering:

  • Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olishning maxsus tartibi mavjud. Ro‘yxatga olish tartibi bilan bu yerda tanishish mumkin.
  • Jismoniy shaxs boshqa jismoniy shaxs bilan ijara shartnomasi tuzganida, soliqni arendator to‘laydi. Jismoniy shaxs va yuridik shaxs o‘rtasida shartnoma tuzilganda, soliq to‘lash majburiyati yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi, ya’ni yuridik shaxs soliqni to‘laydi va ijara summasidan ushlab qoladi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar