Turizm sohasiga imtiyoz va preferensiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238 qarori asosida turizm sohasida  ishlayotgan  tadbirkorlarga  turli imtiyoz va yengilliklar berildi.

 2024 yil 1 yanvardan to‘lanadigan xarajatlar:

  • Turoperatorlar tomonidan Turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda 20 AQSH dollaridan 100 AQSH dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratila boshlandi.

Bu holda, turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlar ro‘yxati, olib kelinadigan turistlar soni va rag‘batlantiruvchi subsidiyalar miqdori hamda ularni berish tartibi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan bo‘ldi.

  • Turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSH dollari ekvivalentida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladigan bo‘ldi.
  • Agar 3 yulduzli toifa uchun 60 ta xonadan kam bo‘lmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega besh qavatdan past bo‘lmagan mehmonxona 2026 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach, investorlarning yangi mehmonxonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplab berish tizimi joriy qilindi:

3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million so‘m;

4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million so‘m.

Bunda, respublika bo‘yicha toifali (yulduzli) mehmonxonalar mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda yangidan quriladigan mehmonxonalarga, mazkur xarajatlar quyidagi tartib asosida 50 foizga oshirilgan miqdorda qoplab berilishi belgilandi:

dastlabki 2 ta 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga;

dastlabki 3 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga.

  • 2026 yil 31 dekabrga qadar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarning royalti xarajatlari franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda qisman moliyalashtiriladigan bo‘ldi:

3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;

4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida;

5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun – mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 600 AQSH dollari ekvivalentida.

Bunda, mazkur bandning «a» va «b» kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har yili 150 milliard so‘m yo‘naltiriladigan bo‘ldi;

2025 yil 1 yanvarga qadar toifasi (yulduz) bo‘lmagan joylashtirish vositalari uch va undan yuqori toifa (yulduz) olganda, ularning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladigan bo‘ldi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan «To‘siqsiz turizm» dasturi amalga oshirila boshladi. Bunda:

  • har yili «Sayohat barcha uchun!» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning respublikaning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlariga bepul sayohatlari tashkil qilinadigan bo‘ldi;
  • turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obyektlari hamda aeroport, avto va temir yo‘l vokzallarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy qilinmoqda.

Soliq  imtiyozlari

2026 yil 1 iyulga qadar yetib borish qiyin bo‘lgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yo‘llaridan 5 km uzoqlikda) alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va «safari» turizmi xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslarning mazkur faoliyat turi bo‘yicha mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i hamda foyda solig‘i stavkalari ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilandi.

Talablar bekor qilinadi

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab quyidagi talablar bekor qilindi:

  • turagentlarning elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega bo‘lishi;
  • turoperatorlarning elektron to‘lovlar xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar