Internetdagi b2b yo‘nalishida “Toshkentda buxgalterlik xizmatlari” degan qidiruv so‘rovi juda ommaviylashgan. Muloqotlarda esa eng ko‘p beriladigan savollardan biri shuki – autsorsing kopaniyalari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatiga aynan nimalar kiradi?
Autsorsing nima?
«Autsorsing» ingliz tilidagi “outsourcing” so‘zidan olingan bulib, “tashqi zahiralardan foydalanish” degan ma’noni anglatadi. Ya’ni bu muayyan ish jarayonlarini kompaniya shtatiga kirmaydigan tashqi mutaxassislarga topshirish demakdir.
Odatdagidek, autsorsingga mutaxassislikka oid bo‘lmagan, ya’ni o‘sha kompaniyaning asosiy biznesi yo‘nalishida bo‘lmagan jarayonlar topshiriladi. Shu tarzda resurslardan foydalanish ishlarini optimallashtirishadi va diqqatlarini o‘zlarining to‘liq hajmda o‘sish va rivojlanishlariga qaratishi mumkin.
Autsorsingga nafaqat buhgalteriya hisobotini olib borish, balki huquqiy xizmat, IT xizmati, marketing, savdo ishlarini va HR bo‘limlarini ham topshirish mumkin. Ya’ni autsorsga aslida barcha biznes jarayonlarni topshirsa bo‘ladi.
Buxgalterlik kompaniyasi qanday xizmatlarni taqdim etadi
O‘tgan yili biz buxgalterlik kompaniyasini qanday qilib to‘g‘ri tanlash to‘g‘risida yozgan edik. Bugun buxgalterlik xizmatlariga nimalar kirishi masalasini muhokama etamiz.
Odatda kompaniya buxgalterlik xizmatining bazaviy paketiga quyidagilar kiradi:
• Boshlang‘ich hujjatlarni tayyorlash;
• Soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahatlar;
• Ish haqi hisob-kitoblari va kadrlarni hisobga olish;
• Soliq va moliya hisob-kitoblarini tayyorlash;
• Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda ishtirok etish;
• Mijozlarni qonunchilikdagi o‘zgarishlardan xabardor qilish.
Qo‘shimcha xizmatlar
Qo‘shimcha xizmatlarga autsorsing kompaniyasi bir martalik yoki barcha mijozlarga kerak bo‘lmaydigan quyidagi xizmatlarni kiritish mumkin:
• O‘tgan davrlar uchun buxgalterlik hisobotlarini tiklash;
• Hisob-kitob siyosatini tashkil etish;
• Soliq to‘lash bo‘yicha tahlil (optimallashtirish, qonunchilik tahlili).
Boshqa mutaxassislar xizmati
Negadir shunday holat paydo bo‘lganki, ko‘pgina rahbarlar buxgalterdan hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni bajarishini kutadilar. Ular nafaqat buxgalteriya hisob-kitoblarini olib borishni, balki shartnomalarni tuzishni, eksport-import amaliyotlari bo‘yicha maslahatlar berishni, barcha mijozlarga xatlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarib borishni talab etadilar.
Bularning barchasi bir-biriga bog‘liq sohalar, ammo buxgalterning ishi emas. Axir biz travmotologdan tishni davolashni, yoki taksi haydovchisidan motorni ta’mirlashni talab etmaymiz-ku.
Biroq buxgalterlik kompaniyalarining ularning mijozlariga yordamlashadigan bir-biriga bog‘liq sohalar bo‘yicha ham hamkorlari bor.
Tushunmovchiliklar qanday bartaraf etiladi
Keyingi bahs-munozara va janjallarni oldini olish uchun shartnomani imzolash bosqichida provayder bilan xizmatning asosiy paketiga kiradigan barcha xizmatlarni batafsil muhokama qilib olishni tavsiya etamiz. Yaxshisi xizmatlarning barchasini shartnomaga kiritish kerak.