Ta’sis hujjatlari

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o‘rinlarda MChJ) tashkil etishda “Mas’uliyati cheklangan jamiyat to‘g‘risida”gi Qonunga asoslangan nizom va ta’sis shartnomasi asosiy hujjatlar hisoblanadi.

MChJning ta’sischisi  bitta  bo‘lganida faqat jamiyatning nizomi yaratiladi.

Jamiyat ta’sis hujjatiga uzgarishlar:

•         jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilish qarori bilan kiritiladi  

•         Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi 

•         Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.

Ta’sis shartnomasi

Jamiyat ta’sischilari  ta’sis shartnomasida quyidagilarni ham belgilaydilar:

•         MChJ tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini

•         Jamiyat ta’sischilari (ishtirokchilari) tarkibini

•         jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdorini

•         jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlarini

•         hissalarni qo‘shish bo‘yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;

•         jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;

•         jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish tartibini.

Nizom 

Jamiyat nizomi  ta’sischilarning o‘zaro muloqotlarining  shartlarini o‘zida aks ettiradi va  unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

•         jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;

•         jamiyat faoliyatining predmeti;

•         jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•         jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikasion ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

•         jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•         jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•         jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;

•         jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•         jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•         jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•         jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

•         qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.

E’tibor bering, ta’sis shartnomasiga ta’sischilarga zarur bo‘lgan va maqsadga muvofiq  hisoblangan boshqa shartlarni ham kiritish mumkin.

Ustav fondi

Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi.

Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori chegaralanmagan bo‘ladi, biroq u lisenziya talablarida belgilanishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko‘rinishida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng bo‘lishi kerak.

Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak.

Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to‘liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar bo‘lishi mumkin.

Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.

E’tibor bering, 2023 yilning 1 aprelidan boshlab 10 000 BHM dan ortiq miqdordagi pulsiz hissalar mazkur baholash kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. (HAVOLA)

Ko‘pincha beriladigan svollar

Ustav fondiga ta’sischi badal sifatida kiritgan  pulni sarflash mumkinmi?

Ta’sischilardan MChJ olgan barcha aktivlardan kompaniyaning kundalik faoliyatida foydalanish mumkin. 

Ustav kapitalini nimalar bilan shakllantirish mumkin?

Jamiyatning ustav fondiga  (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar bo‘lishi mumkin.

Pulsiz hissalar (jihozlar, mebel, orgtexnika, tovarlar) ni baholash qanday amalga oshiriladi?

Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.

10 000 BHM dan ortiq miqdordagi pulsiz hissalar  baholash kompaniyalarining xulosalari asosida qabul qilinadi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar