Soliq va buxgalteriya jarimalari

BuzilishJarimalarNormativ hujjat
Qo’shilgan qiymat solig’ining soliq to’lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo’yishning belgilangan tartibi soliq to’lovchi tomonidan buzilganda     soliq to’g’risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hisobga qo’yish sanasidan haqiqatda hisobga qo’yilgan sanagacha bo’lgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin besh million so’mdan kam bo’lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi219- modda Soliq Kodeksi  
Ushbu Kodeksning 131-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq solish ob’ekti bo’yicha soliq organlarida hisobga qo’yish muddatlari buzilganda, agar hisobga qo’yishning belgilangan muddatidan o’tishi           o’ttiz kundan ko’p bo’lmaganda, – bir million so’m miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi; o’ttiz kundan ko’p bo’lganda, – ikki million so’m miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi219- modda Soliq Kodeksi  
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi sub’ektining va (yoki) buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining to’g’riligi hamda ishonchliligini ta’minlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini o’tkazmaganlik           mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi175-1-modda Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeks
Сhet el yuridik shaxsi tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasini tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qo’ymasdan amalga oshirilishi           bunday faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qo’yilgan sanagacha bo’lgan davrda olingan daromaddan o’n foiz miqdorida, lekin o’n million so’mdan kam bo’lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi219- modda Soliq Kodeksi  
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish (daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish kitobi) qoidalarini buzish           besh yuz ming so’m miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi222 – modda Soliq Kodeksi  
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko’rsatish)      yashirilgan (kamaytirib ko’rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi223 – modda Soliq Kodeksi  
Soliqni (yig’imni) noto’g’ri hisoblab chiqarish yoki boshqa g’ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq (yig’im) summasini to’lamaslik yoki to’liq to’lamaslik           to’lanmagan soliq (yig’im) summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi224 – modda Soliq Kodeksi  
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar bo’lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo’shilgan qiymat solig’ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik      mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko’rsatilgan qo’shilgan qiymat solig’i summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko’rsatilgan soliq summasini byudjetga to’lashi shart225 – modda Soliq Kodeksi 
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida mustaqil shaxslar o’rtasidagi bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari bilan solishtirib bo’lmaydigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlar qo’llanilishi natijasida soliq summalarini soliq to’lovchi tomonidan to’lamaganlik yoki to’liq to’lamaganlik           to’lanmagan soliq summasining qirq foizi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi226 – modda Soliq Kodeksi 
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lgan nazorat qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini to’lamaganlik yoki to’liq to’lamaganliknazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim bo’lgan foydasiga nisbatan tegishincha foyda solig’i bo’yicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha to’lanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin o’n million so’mdan kam bo’lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi227 – modda Soliq Kodeksi 
Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko’rsatish) yoxud soliqlar va yig’imlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlashfuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o’n baravari, mansabdor shaxslarga esa – o’n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi174-modda Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeks
Daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin tovlash, deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish   bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi174-modda Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeks
Foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish ob’ektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar to’lanishi lozim bo’lgan soliqlarning yoki yig’imlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yig’imlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari bo’yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik         bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi175-modda Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeks
Soliq hisobotini o’z vaqtida taqdim etmaslik         fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa – o’n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.  175-modda Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeks
Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun to’lov topshiriqnomasini xizmat ko’rsatayotgan bankka soliq to’lovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki o’z vaqtida taqdim etmaslikbazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi175-modda Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeks

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar