30.08.24-yilda qabul qilingan UP №132 asosida soliq imtiyozlari taqdim etildi.
- 1-sentabrdan eksport operatsiyalari bo’yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalarini qaytarishda quyidagilar talab qilinmaydi:
Soliq to‘lovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidagi bojxona organlari belgisi bilan tasdiqlangan, tovarlarning manzil mamlakatga yuborilganligini tasdiqlovchi yuk kuzatuv hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish shart emas;
Tovarlarning bojxona chegarasidan o’tishi haqidagi bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida soliq organlariga elektron almashuv orqali taqdim etilgan ma’lumotlar eksport amalga oshirilganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.
- 1-oktyabr 2024-yildan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga, 1-yanvar 2025-yildan esa ommaviy ovqatlanish xizmatlariga, 2028-yil 1-yanvargacha quyidagi hajmlarda respublika byudjetidan har oyning 25-sanasiga qadar to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasining bir qismi qaytarish tizimi joriy etiladi:
a) Ommaviy ovqatlanish korxonalariga, agar oylik tovar aylanmasining bir qismi (to‘lov terminallari yoki mobil to‘lovlar orqali) naqdsiz shaklda amalga oshirilsa:
b) Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga – byudjetga to‘langan QQS summasining 20 foizi miqdorida.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha bo’lgan davr mobaynida ommaviy ovqatlanish korxonalari uchun daromad solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.