Qandolatchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarishlariga imtiyoz va preferensiyalar

Prezidentning  2023 yil  21 noyabrdagi  PF-198 Farmoniga asosan Qandolatchilik korxonalariga va  to‘qimachilik  sohasiga imtiyoz va yengilliklar belgilandi.

Qandolatchilik korxonalari uchun

  • Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratildi:

eksport hajmi 500 ming AQSH dollarigacha bo‘lganda — 1 million AQSH dollarigacha;

eksport hajmi 500 ming AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha bo‘lganda — 2 million AQSH dollarigacha;

eksport hajmi 4 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda — 3 million AQSH dollarigacha

  • Keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari (TIF TN kodlari 3919 108 000 va 3921 906 000) bojxona bojidan ozod etildi.

To‘qimachilik  korxonalari uchun

  • 2025  yilning 1 yanvariga qadar ip-kalava ishlab chiqaruvchilarga Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan paxta va sun’iy tolani o‘z ehtiyoji uchun import qilishda (qo‘shni davlatlardan tashqari) transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
  • 2024 yil 31 dekabrga qadar ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig‘imning amaldagi miqdorini 5 baravarga kamaytiriladi.
  • 2024 yil 31 dekabrga qadar bo‘yalgan mato va bo‘yalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash hamda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqini berildi.
  • 2026 yil 1 oktyabrga qadar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan ayrim tovarlarni import qilishda bojxona bojidan ozod qilindi.
  • Sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrini amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi.

Yangiliklar va maqolalar

barcha maqolalar